@ozbek_kadin_haklari · Post #2363 · 22.05.2025 г., 14:09
#ochiq_eshiklar_kuni #22May ✨ Bugun, 22-may kuni, “O‘zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish jamiyati”da navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi. Tadbir Jamiyat raisi Ozoda Islomova boshchiligida, tajribali advokatlar va psixologlar ishtirokida tashkil etildi. ⚡️ Sayyor qabul davomida og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan 20 ga yaqin yurtdoshimizdan huquqiy, psixologik, ijtimoiy hamda ma’naviy yordam ko‘rsatishga oid murojaatlar kelib tushdi. ✍️ Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqildi, mazmuniga ko‘ra tegishli tartibda nazoratga olindi hamda zarur yordamlar ko‘rsatildi. 🌐Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling va yangiliklardan doimo xabardor bo‘lib boring!
Hashtags