Регулярные выражения иногда могут быть просто монструозными. Выглядеть это может крайне запутанно. Сами регэкспы и без того история непростая, а когда это длинный паттерн на несколько десятков знаков, разобрать там что-либо становится не просто.
Но на помощь приходит Python и его стремление сделать нашу жизнь проще!
В функциях регулярок можно после паттерна указывать флаги, один из которых позволяет писать паттерны более свободно. А именно, добавлять пробелы и переносы, которые будут игнорированы. В результате мы можем разбить паттерн на строки и добавить комментов.
Чтобы это сработало нужно добавить флаг re.VERBOSE. Пробелы в паттерне теперь следует указывать явно спец символами.
Согласитесь, что даже с именованными группами а таком виде регэкспа выглядит вполне сносно 😉.
#tricks#regex
📚🔔 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatida yangi o‘quv yili boshlandi!
Bugun maktabimizda ilk qo‘ng‘iroq yangradi. O‘quvchilarimiz yangi bilimlar sari ilk qadamlarini tashladilar.
Tadbirni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Direktori S.Shakirova ochib berdi.
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati o‘quvchilariga yangi o‘quv yilida ulkan yutuqlar tilaymiz!
@alberuniyuzb
#AlBeruniyMaktabi#BirinchiQo‘ng‘iroq #YangiO‘quvYili
Mustaqillik – xalqimizning eng ulug‘ bayrami!
Bugun biz 34 yil oldin qo‘lga kiritilgan eng buyuk ne’mat – Ozod va Mustaqil O‘zbekistonning tantanasini nishonlamoqdamiz. Bu yillar davomida yurtimiz ulkan marralarni zabt etdi, eng muhimi – kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlar uchun imkoniyatlar kengaydi.
Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bugun har bir o‘quvchi uchun yangi ufqlarni ochmoqda.
Shu islohotlarning yorqin ifodasi sifatida bizning Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab internati ham bu yil o‘z faoliyatini boshladi. Maktab o'quvchilarining ko‘zida Vatanimizga sadoqat, ilmga chanqoqlik va buyuk orzularni ko‘raman.
Biz ishonamiz: ertangi kunning buyuk olimlari, rahbarlari, yangilik yaratuvchi yosh avlod mana shu ta’lim dargohlaridan yetishib chiqadi.
🇺🇿 Mustaqillik barchamizga shodlik, kuch va ertangi kunimizga ishonch bag‘ishlasin!
@alberuniyuzb
#Mustaqillik34#YangiO‘zbekiston #AlBeruniyMaktabi#KelajakUchun
📢 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati haqida
📚 Maktabda o‘qish:
🔹To‘liq ingliz tilida;
🔹IB (International baccalaureate) dasturi asosida;
🔹9-sinfdan imtihon bilan qabul qilinadi;
🔹Bitirgach — davlat shahodatnomasi + IB diplomi.
🌍 IB diplomi bilan TOP-10 universitetlarga kirishda katta ustunlikka ega bo‘lasiz.
🌐Foundation yilini o'qishingiz shart bo'lmaydi va bakalavriatni 3 yilda tamomlaysiz.
🎓 Agar bitiruvchi TOP-10 universitetga 50% grant bilan qabul qilinsa, qolgan xarajatlar davlat tomonidan qoplab beriladi.
📍 Kelajak shu yerdan boshlanadi!
📲 Bizni kuzatib boring! @alberuniyuzb
#AlBeruniyMaktabi#IBDiploma#XalqaroTaʼlim#TOP10Universitetlar
📢 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!
📅 2025-yil 12-iyul kuni o‘tkazilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga 1-bosqich saralash imtihon natijalari e’lon qilindi.
📌 Natijalar bilan shu yerdatanishishingiz mumkin.
✅ 1-bosqichda eng yuqori ball to‘plagan 300 nafar nomzodlar 2-bosqich imtihoniga tavsiya etiladi.
🎯 2-bosqich natijalariga ko'ra 60 nafar eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar maktabga o‘qishga qabul qilinadi.
🧠 Haqiqiy bilim — insonni yuksaklik sari yetaklaydi. Siz ilk bosqichni bosib o‘tdingiz — bu sizda kuch, iqtidor va salohiyat borligidan dalolat beradi!
💬 Hurmatli ishtirokchilar!
Agar bu galgi imtihondan o‘taolmagan bo‘lsangiz, yo‘l hali tugamadi, balki yangi yo'lning boshlanishidir. Harakat qilishdan to‘xtamang!
📍 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati — intellektual taraqqiyot va yuksak orzular sari yo‘l boshlovchi maskandir!
@alberuniyuzb
#AlBeruniyMaktabi#ImtihonNatijalari#Qabul2025#KelajakSari#IlmYo‘li