TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Python Заметки

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Најди сличен содржај

Изворен канал @pythonotes · Post #76 · 27 апр.

Ранее я делал серию постов про битовые операторы. Вот вам ещё один наглядный пример как это используется в Python в модуле re. Чтобы указать флаг для компилятора нам надо указать его после передаваемой строки. Например, добавляем флаг для игнорирования переноса строки. pattern = re.compile(r"(\w+)+") words = pattern.search(text, re.DOTALL) А как указать несколько флагов? Ведь явно будут ситуации когда нам потребуется больше одного. Кто читал посты по битовые операторы уже понял как. pattern.search(text, re.DOTALL | re.VERBOSE) А теперь смотрим исходники, что находится в этих атрибутах? Не удивительно, степени двойки. Почему? Потому что каждое следующее значение это сдвиг единицы влево. >>> for n in [1, 2, 4, 8, 16, 32, 64, 128, 256]: >>> print(bin(n)) 0b1 0b10 0b100 0b1000 0b10000 0b100000 0b1000000 0b10000000 0b100000000 Чтобы было понятней, давайте напишем тоже самое но иначе, добавим ведущие нули: 000000001 000000010 000000100 000001000 000010000 000100000 001000000 010000000 100000000 Не понятно что тут происходит? Читай три поста про битовые операторы начиная с этого ➡️https://t.me/pythonotes/45 В общем, это пример применения побитовых операций в самом Python. Теперь вы знаете Python еще немного лучше) #tricks#regex#libs

Резултати

Пронајдени 1 слични објави

Пребарај: #ayolhuquqi

当前筛选 #ayolhuquqi清除筛选
JUMAGUL

@jumagultashkent · Post #3062 · 03.04.2026 г., 12:33

Poyabzal ortiga yashiringan qo‘rquv: maishiy radikalizm ​Keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda “ayol sha’nini begona ko‘zlardan himoyalash” niqobi ostida jamiyatdan yashirish, uzib qo‘yishga harakatlar ko‘p kuzatilyapti. Masalan, “uyga begona erkak kelsa, ayollarning poyabzallarigacha yashirish kerak” degan mazmundagi “maslahatlar”. Bu bir qarashda dindorlikdek ko‘rinsa-da, aslida juda xavfli radikallashuv alomatidir. ​Bunday yondashuv, birinchi navbatda, erkaklarni kamsitishdir. Har qanday erkakni hatto ayolning poyabzalini ko‘rib ham o‘zini tiya olmaydigan darajadagi maxluq deb tasavvur qilish uchun qanchalar badgumon va tuban bo‘lish kerak? Bu jamiyatdagi barcha erkaklarga nisbatan qilingan ochiq tuhmat va ularning irodasini yerga urishdir. ​Eng asosiysi, bu tendensiya ayolni o‘z uyida, o‘zining shaxsiy hududida “begona”ga aylantiradi. Bu o‘sha biz bilgan “qo‘shnimiz”dagi cheklovlarning maishiy darajadagi ko‘rinishidir. U yerda ham hammasi shunday boshlangan: avval ayol derazadan ko‘rinmasin, deyishdi, keyin ko‘chaga chiqqanda “fitna bo‘lmasligi uchun” dunyoga faqat bir ko‘zi bilan qarasin, burqasidan bir ko‘zi bilan ko‘rish uchun joy qoldirsin, degan talablar chiqdi. Ayolni butunlay ko‘zdan yo‘qotish, uni jamiyatdan va hayotdan o‘chirib tashlashga bo‘lgan urinishlar aynan mana shunday mayda qadamlardan, ya’ni poyabzal yashirishdan boshlanadi. ​Har bir narsadan jinsiy ma’no izlash — bu taqvo emas, balki psixoterapevtik tashxisga muhtoj bo‘lgan giper-seksualizatsiyadir. Sog‘lom jamiyatda ayol kishining buyumi “xavfli obyekt” sanalmaydi. Biz o‘z uyimizda, o‘z vatanimizda ayollarni o‘z kiyimi yoki poyafzalidan uyaladigan, ularni yashirishga majbur bo‘ladigan darajadagi qo‘rqitilgan qatlamga aylantirmasligimiz kerak. Islom — bu go‘zal axloq va o‘zaro hurmat, ayolni o‘z uyidan siqib chiqarish emas! ​Bizning xalqimiz asrlar davomida mehmondo‘stlik va o‘zaro hurmat bilan tanilgan. Ayollarimiz iboli bo‘lgan, lekin hech qachon o‘z uyida “ko‘rinmas sharpa”ga aylantirilmagan. Din — bu qalb pokligi va go‘zal muomala demakdir. Oddiy buyumlarni yashirish bilan iymon mustahkamlanib qolmaydi. Haqiqiy taqvo buyumlarni yashirishda emas, ko‘z va qalbni tiyishda, insonlarga nisbatan hurmatda namoyon bo‘ladi. © Murchbibi ​#SukutSaqlama#AyolHuquqi