@milliy_universitut · Post #5960 · 28.09.2025 г., 14:03
#BMT#DavraSuhbati O‘ZBEKISTON – BMT: UMUMBASHARIY MAQSADLARNI RO‘YOBGA CHIQARISH YO‘LIDA ⏺Bugun, 26-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetida “O‘zbekiston – BMT: umumbashariy maqsadlarni ro‘yobga chiqarish yo‘lida” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. ⏺Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida so‘zlagan nutqining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida o'tkazilldi. ⏺Davra suhbati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi, Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti va “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etildi. Batafsil 👉nuu.uz ☑O’zbekiston Milliy universiteti
Hashtags