@uztmk_official · Post #3821 · 20.01.2026 г., 14:53
#TMK#ESG #GreenHydrogen ✅ TMKda “yashil vodorod” bo‘yicha xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi Bugun O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) bosh ofisida sanoat gazlari va vodorod texnologiyalari bo‘yicha yetakchi kompaniya — "Air Products Central Asia Group" bosh direktori Vatslav Xarant boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🧊Uchrashuvda tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar: ✔️ESG ko‘rsatkichlarini kuchaytirish hamda ishlab chiqarishda dekarbonizatsiya jarayonlarini jadallashtirish; ✔️ TMK ehtiyojlari uchun vodorod yetkazib berish; ✔️ yashil vodorod ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalar; ✔️inert va texnik gazlar ta’minoti. Mazkur hamkorlik TMKning ESG talablari asosida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va past uglerodli sanoat yechimlarini joriy etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda. ⚡️ Ma’lumot uchun, "Air Products" vodorod, kriogen texnologiyalar va sanoat gazlari bo‘yicha kompleks injiniring yechimlarini taklif etuvchi xalqaro kompaniya hisoblanadi. 🫥🫥🫥 📎На русском языке 📎In English 🫥🫥🫥 ✅TMK matbuot xizmati 🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram
Hashtags