@ecoschools_uzbekistan · Post #1724 · 05.12.2025 г., 12:55
🖥 "Yosh fermer" loyihasi doirasida Eco-schools Uzbekistan loyihasining 50 ta yangi ishtirokchi maktablari uchun onlayn seminar bo‘lib o‘tdi. 📈 BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ekspertlari ishtirokchilarga o‘zlarining issiqxona xo‘jaligini rivojlantirishning ahamiyati, barqaror qishloq xo‘jaligi istiqbollari va yoshlar o‘rtasida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘llari haqida qimmatli bilimlari bilan o‘rtoqlashdi. 📖 Seminar dasturi o‘zida o‘quvchilarning ekologik savodxonligi va mas’uliyatini shakllantirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni rag‘batlantirish, maktablarda o‘simliklar yetishtirishning ekologik toza texnologiyalarini joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan amaliy tavsiyalarni qamrab olgan. 👩🌾 Olingan bilimlar yosh fermerlarni yangi yutuqlarga ilhomlantirishi va ularga o‘z maktablarining barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishga yordam berishiga ishonib qolamiz. ~~~ 🖥 В рамках проекта «Юный фермер» состоялся онлайн-семинар для 50 новых школ-участниц проекта Eco-schools Uzbekistan. 📈 Эксперты Продовольственной и сельскохозяйственной организации ООН (ФАО) поделились с участниками ценными знаниями о значимости развития тепличного хозяйства, перспективах устойчивого сельского хозяйства и способах формирования предпринимательских навыков среди молодёжи. 📖 Программа семинара включала практические рекомендации, направленные на формирование экологической грамотности и ответственности учащихся, поощрение бережного отношения к природе и создание условий для внедрения экологически чистых технологий выращивания растений в школах. 👩🌾 Уверены, что полученные знания вдохновят юных фермеров на новые достижения и помогут им внести вклад в устойчивое развитие своих школ. #EcoSchoolsUzbekistan#YoshFermer#ЮныйФермер#WorldSoilDay#HealthySoils 😀Zamin🌐Instagram🌐Facebook