@handicraftman · Post #54776 · 17.02.2026 г., 09:05
#Navoiy ⚡️Nurota qadimdan nafaqat tarixiy obidalari, balki o‘zining boy hunarmandchilik merosi bilan ham mashhur. Shulardan biri — kashtachilik san’atidir. 📌Kashtachilik bu oddiy bezak emas, balki avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy qadriyat, ayollar va qizlarning mahoratini namoyon etuvchi nafis san’atdir. 🌸 Nurota kashtalarida: ✅tabiat manzaralari, ✅gul va barg naqshlari, ✅milliy ramzlar, ✅o‘ziga xos rang uyg‘unligi aks etadi. ⚛️ Har bir kashta — bu sabr, mehr va ijod mahsuli. Bugungi kunda ham Nurota ayollari ushbu san’atni davom ettirib, milliy merosimizni asrab-avaylab kelmoqdalar. #Navoiy#Nurota#Kashtachilik#MilliyMeros Faсebook| ✅Instagram ✅Youtube | ✅Murojaat yo'llash