@farhodjon · Post #494 · 21.05.2022 г., 15:22
Odamlarning maxfiylik huquqi haqida keyinroq va batafsilroq to’xtalaman, lekin yaqinda chiqqan ikkita videoni bo’lishmoqchiman quyida. Birinchisi DuckDuckGo qidiruv tizimidan (asosiy qidiruv sifatida ishlatayotganimga ancha bo’ldi) va The Police guruhining "Every Breath You Take" ("Olayotgan har bir nafasing") qo’shig’iga moslab ishlangan: https://twitter.com/DuckDuckGo/status/1526555252236988419 Ikkinchisi Apple’dan "Data Auction" ("Ma’lumotlar auksioni") deb nomlanadi va reklama asosida pul topadigan kompaniyalar sizning (bizning) ma’lumotlarimizni sotishi haqida: https://youtu.be/NOXK4EVFmJY Ma’lumotlarimizni asraylik 😇 @FarLives#maxfiylik#apple#duckduckgo#google#facebook