@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #81306 · 12.03.2026 г., 16:12
#YoshlarKuni#RahbarVaYoshlarUchrashuvi#YoshlarBilanMuloqot#MilliyGvardiya#ChilonzorHokimligi Chilonzorda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Chilonzor tumanida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Akademik litseyida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Unda Milliy gvardiya Bosh qo‘mondoni general-polkovnik Baxodir Tashmatov hamda Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev ishtirok etdi. Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Muloqot jarayonida ayrim masalalarga shu yerning o‘zida yechim topildi. Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda aniq chora-tadbirlar belgilandi. Mazkur uchrashuv yoshlar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🔵https://t.me/chilonzor_tuman_hokimligi