@BahoIashUz · Post #1444 · 13.08.2023 г., 17:23
#Qabul2023 ⚡️ Barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi 📆 Ma’lumki, 2023-yil 1-avgust kuni 2023-2024-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlangan edi. ✅ Bugun, 13-avgust kuni barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi. Bunda jarayonlar: 👉 4-avgust kuni — Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida; 👉 11-avgust kuni — Sirdaryo viloyatida; 👉 12-avgust kuni — Buxoro, Jizzax va Xorazm viloyatlarida; 👉 13-avgust kuni — qolgan hududlarda o‘z yakuniga yetdi. ❇️ Bilimni baholash agentligi test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etgan barcha tashkilotlarga va xodimlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇 https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Hashtags