@IHMA_matbuotkotibi · Post #143 · 18.03.2025 г., 14:03
Ramazon nuri – ezgulik nuri Ramazon – bu mehr-oqibat, yaxshilik va iymon nuri bilan to‘lgan oy. Ijtimoiy himoya milliy agentligi «Ramazon nuri» videoroliklar turkumini taqdim etadi. Har bir hikoyada yaxshilikning insoniyatni birlashtirishini, avloddan-avlodga o‘tib borishini va har birimizda yashashini eslatuvchi ramz yashiringan. Birinchi roligimiz «An’analar nuri» orqali biz ichimizda yashayotgan va yaxshilik qilishga undaydigan merosning ahamiyati haqida hikoya qilamiz. Ramazon oyida biz kattalar o‘rgatgan saboqlarni eslaymiz: muhtojlarga yordam berish, yaxshilik ulashish, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash. Aynan shu an’analar hech qachon uzilmaydigan ezgulik zanjirini yaratadi. ✨ Ushbu Ramazonda boshqalar uchun nur bo’ling! #RamazonNuri#Yaxshilik
Hashtags