@newuzbekistanuniversity · Post #3449 · 02.03.2025 г., 04:54
Kimyo va materialshunoslik muhandisligi talabalarimiz uchun ajoyib yangiliklar ✅ Bugun "Yangi O'zbekiston" universitetida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Odil Temirov bilan uchrashuv o'tkazildi. 📝Uchrashuv yurtimizda kimyo sohasini rivojlantirish va ushbu sohada tahsil olayotgan bo'lajak muhandislarni qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi. 💥 Unga ko'ra Kimyo va materialshunoslik muhandisligi talabalari uchun: 🔹yangi grant dasturlari joriy qilish; 🔹xorijiy oliygohlar bilan tashkil etiladigan almashinuv dasturlariga mablag' ajratish; 🔹universitetda ilmiy laboratoriyalarni ochishda hamkorlik qilish; 🔹qo'shma ilmiy loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi. 🎗Ushbu kelishuv ikki tomonlama manfaatli bo'lishiga ishonamiz. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #uzkimyosanoat#uchrashuv ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Hashtags