@newuu_sc · Post #2226 · 27.10.2025 г., 19:57
⏺🟦🟦🟦#muloqot ✅ Bugun, 27-oktyabr kuni Toshkent shahar Yoshlar markazida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi raisi Shukurulloxon Anvarov poytaxtimizdagi Yangi O‘zbekiston universitetining faol va lider talabalari bilan samimiy muloqot o‘tkazdi. 🗣 Suhbat davomida Shukurulloxon Anvarov universitetda Yoshlar ittifoqi tizimini yanada takomillashtirish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni ijtimoiy hayotda faollashtirishga oid bir qator tavsiyalarni berdi. 💡 O‘z navbatida, talabalarning o‘zi ham O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini yanada rivojlantirish va yoshlar uchun foydali innovatsion loyihalar bo‘yicha taklif va g‘oyalar bilan o‘rtoqlashdi. ❇️ Muloqot iliq va ochiq ruhda o‘tib, kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar uchun mustahkam zamin yaratdi. #Yoshlarittifoqi#Poytaxt#YangiOzbekistonUniversiteti ✏️Bizni kuzatishda davom eting! 🕊Telegram | 📱Instagram 📱Facebook | 📺YouTube