@OlympicUz · Post #43258 · 08.03.2026 г., 14:55
Shahnoza Mirziyoyeva Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi tomonidan e’tirof etildi Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi tomonidan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Paralimpiya harakati rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan uch nafar ayol mutaxassis alohida e’tirof etildi. Quvonarlisi, ushbu e’tirofga sazovor boʻlganlar qatoridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva ham oʻrin oldi. Mazkur e’tirof Shahnoza Mirziyoyevaning mamlakatimizda Paralimpiya harakatini rivojlantirish, nogironligi boʻlgan sportchilarni qoʻllab-quvvatlash hamda inklyuziv sport muhitini kengaytirish borasida olib borayotgan samarali faoliyatining xalqaro miqyosda ham yuqori baholanayotganini yana bir bor tasdiqlaydi. — Шахноза Мирзиёева удостоена признания Международного Паралимпийского комитета Международный Паралимпийский комитет в честь 8 марта — Международного женского дня особо отметил трёх женщин-специалистов, вносящих значительный вклад в развитие Паралимпийского движения. Примечательно, что среди удостоенных этой престижной награды оказалась и первый заместитель директора Национального Агентства социальной защиты при Президенте Республики Узбекистан, первый заместитель председателя Национального Паралимпийского комитета Узбекистана Шахноза Мирзиёева. Данное признание ещё раз подтверждает, что деятельность Шахнозы Мирзиёевой по развитию Паралимпийского движения в нашей стране, поддержке спортсменов с инвалидностью и расширению инклюзивной спортивной среды получает высокую оценку и на международном уровне. #Etirof 👉@OlympicUz olympic.uz I YouTube I Instagram I
Hashtags