@nihol_ngo · Post #1252 · 12.09.2025 г., 09:17
👩 Har bir insonning huquqlari teng va qadrlidir. Ammo ayrim guruhlar, jumladan eshitish nogironligi bo‘lgan ayollar, huquqlarini to‘liq amalga oshirishda ko‘plab to‘siqlarga duch kelishadi. Ularning ovozi eshitilishi, imkoniyatlari kengayishi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun qo‘llab-quvvatlash juda muhim. 🤝 Bizning grant dasturimiz doirasida qo‘llab-quvvatlangan NNT “Nihol” ana shunday masalalarga e’tibor qaratib, o‘z loyihasi doirasida maxsus videorolik tayyorladi. Ushbu material: 📘 jamiyatda huquqiy ongni oshirishga, 👥 fuqarolarning o‘z huquqlarini yaxshiroq bilib olishlariga, 💪 nogironligi bo‘lgan ayollarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi. 🌱 Loyihamizdan maqsad - hech kimni chetda qoldirmaslik. Inson huquqlarini himoya qilish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali biz yanada inklyuziv, adolatli va barqaror kelajak sari birgalikda harakat qilmoqdamiz. ℹ️ Ushbu videorolik bizning va Finlyandiya hukumatining grant ko‘magida «Huquqlaringni bilib ol» loyihasi doirasida ishlab chiqildi. - - - - 👩 Все люди имеют равные права. Но некоторые группы, например женщины с нарушением слуха, часто сталкиваются с трудностями в их реализации. Им необходима поддержка, чтобы их голос был услышан, их возможности расширялись и их участие в жизни общества становилось активнее. 🤝 Благодаря нашей грантовой программе ННО “Nihol” сняла видео, которое объясняет как 📘 Повысить правовые знания в обществе 👥 Помочь людям лучше узнать свои права 💪 Укрепить роль женщин с инвалидностью в жизни общества 🌱 Наша цель — чтобы каждый чувствовал себя важным. Защищая права человека и поддерживая гражданское общество, мы вместе строим более инклюзивное, справедливое и устойчивое будущее. ℹ️ Этот видеоролик создан при грантовой поддержке ПРООН и правительства Финляндии в рамках проекта «Узнай свои права». #GenderEquality
Hashtags