@toshkentvxtb · Post #85776 · 30.03.2026 г., 03:35
#IBRAT Bir o‘qituvchining o‘rniga boshqasi kelib, darsda talabalarni biridan savol so‘ragandi, boshqalar kuldi. O‘qituvchi talabalarga qarab o‘rinsiz kulguning siriga yetdi. Sabab: sinfda hamma ahmoq, aqlan noqis hisoblaydigan talabaga savol bergani ekan. Dars tugab talabalar xonani tark etadigan mahal, muallima o‘sha talaba bilan holi qolib, qog‘ozchaga yozilgan ikki qator baytni berdi va: - Buni ismingni yodlagandek yodlab kel, hech kimga aytma, - dedi. Keyingi darsda muallima o‘sha ikki qator she’rni doskaga yozdi. Uni ma’nosini, fasohatini tushuntirdi. So‘ng uni o‘chirib: - Kim hozirgi she’rni yodlab qololdi, - deb so‘radi. Hech kim churk etmadi. Faqat o‘sha «ikkichi» ming hayajon, iymanish bilan qo‘l ko‘tardi. O‘qituvchi: - Qani, javob ber, - dedi. U she’rni yodlab berdi. Ustoz uni ko‘p maqtadi, boshqalar o‘rnak olishini aytdi. Talabalar bu holatda hayratga tushar, kecha kulgani uchun xijolat bo‘lar, hayrat bilan qarar edi. Bu hol hafta davomida davom etdi. O‘qituvchi u talabani maqtardi. Natijada o‘quvchilarning u haqidagi tushunchalari o‘zgara boshladi. U bolaning ham ruhiy holati ijobiy tomonga burilib, o‘ziga bo‘lgan ishonch uyg‘ondi. Oldingi o‘qituvchi hisoblagandek ahmoq emasligini angladi. U o‘qituvchisi haqida shunday yozadi: "Insonlar ikki toifadirlar: Birlari sizni shijoatlantirib, qo‘lingizdan tutib, umid bag‘ishlaydi. Boshqalari esa, sizdagi iqtidorni berkitib, yomonliklarni ochadi." 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb| 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Hashtags