@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #83092 · 10.04.2026 г., 12:13
#Murojaat Chilonzor tumani prokurori Xusanov Taxirjon Baxtiyarovichning tuman aholisiga murojaati Assalomu alaykum, hurmatli Chilonzor tumani fuqarolari va mehmonlari ! Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 yanvardagi PQ–1-sonli qarori ijrosi xamda Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Chilonzor tumani mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish maqsadida bir qator manzilli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tuman IIO FMB va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda, joriy yilning 3 oyi mobaynida kriminogen vaziyatni yanada barqarorlashtirishga, jinoyatlarni oldini olish, sodir etilganlarni fosh etish, jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan qator tashkiliy va amaliy tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, olib borilgan amaliy ishlar natijasida 2026 yil 3 oyi davomida tuman hududida jami 418 ta jinoyat qayd etilib, shundan 198 tasi yoki 47,4% oldini olish mumkin bo‘lgan, 219 tasi yoki 52,4% aniqlangan jinoyatlar, 453 tasi yoki axborot texnologiya sohasidagi jinoyatlarni tashkil etadi. 2025 yilning shu davriga nisbatan umumiy jinoyatchilik -6,9% ga yoki 31 taga kamayishiga erishildi. Oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 2026 yil 3 oyi davomida tuman hududida jami 198 ta jinoyat qayd etilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan -24,4% ga yoki 64 taga kamaydi. Aniqlangan jinoyatlar esa 33,5% yoki 219 tani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan jinoyatlarni aniqlash 40 taga yoki 22,3%ga yaxshilangan. Yil boshidan buyon qotillik va nomusga tegish jinoyatlari sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi, qasddan tan jarohati yetkazish, o‘g‘irlik, talonchilik, firibgarlik, bezorilik jinoyatlari esa sezilarli darajada kamayishiga erishildi. Oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar tahliliga ko‘ra, ushbu toifada voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar -25,0 foizga, yoshlar tomonidan jinoyatlar -18,8 foizga, muqaddam sudlanganlar tomonidan -22,2 foizga kamaydi. Qayd etib o‘tish lozimki, kriminogen vaziyat og‘ir mahallalarda ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida joylarga chiqqan holda maqsadli o‘rganishlarni o‘tkazish orqali huquqbuzarliklarga sabab bo‘layotgan asl omillarni aniqlash va barham berish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy choralarni ko‘rish kabi ishlash mexanizmi joriy qilinganligi, bugungi kunda o‘z samarasini berib kelmoqda. Prezidentimizning 1-sonli qarori ijrosi bo‘yicha olib borilgan manzilli chora-tadbirlar natijasida joriy yil boshidan tuman hududidagi jami 55 ta mahallaning 43,6% yoki 24 tasi yashil hududga, 56,4% yoki 31 tasi sariq hududga kiritilgan. Mahallalarning qizil toifa ro‘yxatiga tushishiga yo‘l qo‘yilmadi.Mazkur raqamlarni o‘tgan yillar bilan solishtiradigan bo‘lsak, ushbu ko‘rsatkich 7 tasi qizil, 2 tasi yashil, 46 tasi sariq hududni tashkil qilgan. Murojaatning to'liq matni bilan https://facebook.com/chilonzorhokimiyati manzili orqali tanishishingiz mumkin. 🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi
Hashtags