@uzdeutschland · Post #460 · 17.12.2025 г., 15:09
#Soliqlar. Bismillahir Rohmanir Rohiim. Menga bir nechta vatandoshimiz Germaniyadagi soliq idorasidan (Finanzamt) shunday xat olganini va bu xatning mazmunini tushunishmagani uchun murojaat qilishibdi. Bugun shu xat nima sababdan jo'natilishini tushuntirib bermoqchimann Ushbu xat shunchaki eslatma sifatida jo'natiladi, ya'ni soliq idorasi bu xat orqali sizga "Mabodo (sofern) siz soliq dekloratsiyasi (Steuererklärung) topshirishga majbur bo'lsangiz, u holda tezroq topshirib qo'ying" demoqchi bo'ladi. Xatni kimdir o'tirib, shaxsan sizning o'zingiz uchun yozib o'tirmaydi. Bu xat mashina orqali yozilib, deyarli hammaga jo'natiladi. -Shunday xat olganlar nima qilishi kerak? -Agar siz soliq dekloratsiyasi topshirishga majbur bo'lmasangiz, hech narsa qilishingiz shart emas. Misol uchun, siz work and travelga borib kelgansiz yoki Germaniyada Steuerklasse 1 bo'yicha ishlaysiz, davlatdan yordam pullari (Elterngeld, ALG 2) olmagansiz, bunaqa holatlarda siz soliq dekloratsiyasi topshirishga majbur emassiz. Xatga javob yozishga ham majbur emassiz. -Bir marta soliq dekloratsiyasi topshirgan odam har yili yana topshirishi kerakmi? -Yo'q, bir yil uchun soliq dekloratsiyasi topshirganingiz, boshqa yillarga ta'sir qilmaydi. Xohlasangiz topshirasiz, xohlamasangiz topshirmay qo'yaverasiz. -Unda xatni nega jo'natishadi? -Yuqorida aytganimdek, xat mashina bilan yoziladi va deyarli hammaga jo'natiladi. Shuning uchun, sizga ham jo'natishgan. Xavotir olishga va vahima qilishga hojat yo'q. -O'zi kimlar soliq dekloratsiyasi topshirishga majbur? -Bu haqida ushbu maqolada ma'lumot yozganman. Bu postni shunday xat olib, vahima qilib yurgan tanishlaringizga yuborib qo'ying😉 @uzDeutschland
Hashtags