TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Python Заметки

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Најди сличен содржај

Изворен канал @pythonotes · Post #9 · 7 јан.

Иногда бывает ситуация когда dev-сервер по какой-либо причине не закрылся и висит в процессах, занимая порт. Это может быть из-за падения IDE или просто сам забыл погасить и закрыл терминал. Для таких случаев я набросал простую функцию с командой: kill_on_port() { port=$(lsof -t -i:$1) echo "KILL PROCESS:" $port sudo kill -9 $port } alias killonport="kill_on_port $@" Код поместить в ~/.bashrc и рестартнуть систему. Если во время старта dev-сервера получаете ошибку что порт уже занят, просто выполните команду, подставив свой порт. Bash kill_on_port 8000 Скорее всего бесполезно, если другой процесс назначен на перезапуск вашего dev-сервера в случае падения. Имя команды можете изменить на любое другое. #linux

Hashtags

Резултати

Пронајдени 1 слични објави

Пребарај: #yilayoli2025

当前筛选 #yilayoli2025清除筛选
Waste.uz

@wasteuzgroup · Post #8294 · 24.12.2025 г., 04:43

#Etirof#YilAyoli2025 🇺🇿“Yil ayoli-2025”: Samarqandlik tozalik posboni Prezident sovgʻasini qo‘lga kiritdi Bugun Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Yil ayoli” milliy tanlovi hamda “Eng namunali xotin-qizlar faoli” tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Quvonarlisi, “Yil ayoli-2025” milliy tanlovida Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahridagi “Anvarjon business invest” MCHJ sanitar tozalash korxonasi rahbari Gulmira Jumayeva Gran-pri sohibasi bo‘ldi. Avvalxabar berganimizdek, qahramonimiz Gulmira Jumayeva uzoq yillar davomida Rossiya Federatsiyasida mehnat migratsiyasida boʻlib, chiqindilarni qayta ishlash korxonasida faoliyat yuritgan. 2016-yilda Vatanga qaytib, orttirgan tajribasini yurtimiz manfaatlariga yoʻnaltirdi hamda atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, aholidan chiqadigan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish barobarida ularni saralash va qayta ishlashga qaratilgan samarali faoliyatni yoʻlga qoʻydi. Shu o‘rinda, chiqindilarni boshqarish sohasidagi hamda atrof-muhit muhoafazasi yo‘lidagi saʼy-harakatlari eʼtirofi sifatida joriy yilda u “Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangandi. Sanitar tozalash xizmati fidoyisi davlatimiz tomonidan tadbirkorlik uchun yaratilgan keng imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, bugungi kunda 5 ta masʼuliyati cheklangan jamiyatni tashkil etib, 450 ga yaqin yoshlar va xotin-qizlar uchun doimiy ish oʻrinlari yaratgan. Ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasidan 100 ming AQSH dollari miqdorida zamonaviy asbob-uskunalar olib kelingan boʻlib, soʻnggi 5 yilda korxonalarida 178 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi. Yuksak tashabbuskorlik, ekologik masʼuliyat va samarali tadbirkorlik faoliyati uchun oliy oʻrin — Gran-priga munosib deb topilgan Gulmira Jumayeva Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovgʻasi — avtomobil bilan taqdirlandi. Sovrin Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi Zulayho Maxkamova tomonidan tantanali ravishda topshirildi. Munosib e’tirof bilan sanitar tozalash xizmati fidoiylaridan bo‘lgan hamkasbimizni Agentlik rahbariyati va jamoasi nomidan samimiy qutlab, yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz! Kanalimizga obuna bo'ling: @wasteuzgroup 📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook |Web-Sayt