TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Сувгийн жагсаалт руу буцах
Migration.uz | Хабарлар avatar

TGINSIGHT CHAT

Migration.uz | Хабарлар

@migration_TMMA

News and media

Ташқи меҳнат миграцияси масалалари бўйича ахборот ва тавсиявий канал Савол ва қўшимча фикрлар учун: 📨: @info_2332400

Дагагчид298Одоогийн дагагчдын тоо
Хянасан нийтлэлүүд380Индекслэгдсэн нийтлэлийн тоо
Сүүлийн хамрах хүрээ306Сүүлийн үзэлтийн нийлбэр
Сүүлийн нийтлэлүүд

Сүүлийн нийтлэлүүд

Тэг: #eslatma · 1 нийтлэл

当前筛选 #eslatma清除筛选

Нийтэлсэн 10-р сарын 2

#Eslatma 🇰🇷Janubiy Koreyada ishlab, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar diqqatiga! Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli tugatib, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar EPS-Topik testida ishtirok etish maqsadida 2024-yil 8-12-avgust kunlariro‘yxatdan o‘tgan edi. 🗓Ushbu nomzodlar uchun EPS-Topik testi 3-4 va 7-8-oktabr kunlari o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. 📍Imtihon manzili: Toshkent shahri Mirobod tumani Tolimarjon ko‘chasi 3-uy. 👉Lokatsiya 📝Nomzodlar ro'yxati Imtihonga kirishda talab etiladigan hujjatlar va maʼlumotlar: 1. xorijga chiqish pasporti; 2. 3,5 x 4,5 hajmdagi oq fonli, sifatli va rangli surat (2 dona). ❗️Imtihon ishtirokchilari uchun muhim ma'lumotlar: 1. Belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelish va ro‘yxatdan o‘tish lozim. 2. Xorijga chiqish pasportini olib kelmagan, belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan fuqarolar imtihonga kiritilmaydi. 3. HRD shartlariga ko‘ra, takror yoki qayta apellyatsiya maxsus testi o‘tkazilmaydi. 4. Imtihonda elektron vositalaridan (mobil telefon, elektron soat, shpargalka va h.k.) foydalanish qat'iyan man etiladi. 5. HRD talablariga muvofiq, imtihon qoidalarini buzgan nomzodning natijalari bekor qilinadi va keyingi testlarda qatnashishi uchun 4 yil muddatga cheklov qo‘yiladi. ❗️Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarni Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi. 📞Murojaat uchun: 71 202-33-55 yoki 1282 qisqa raqami @migration_TMMA

306 views

Hashtags