TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← mediasaboq.uz
mediasaboq.uz avatar

TGINSIGHT POST

Post #128

@mediasaboq

mediasaboq.uz

Tontonan1,750Bilangan tontonan siaran
Diterbitkan20 Ogo20/08/2023, 01:27 PTG
Kandungan

Kandungan siaran

Siz aniq uy manzilingizni bilmasdan internetga tarqatib yuborgansiz Misol uchun geotegging tufayli ko‘pchilik bilmasdan uy manzilini ulashib qo‘yadi. Hozirgi kamera va smartfonlar rasm yoki video olib bo‘lib, faylni saqlayotganida uning ichiga joylashuv ma’lumotlarini ham qo‘shib ketadi. Shu funksiya geotegging deyiladi. Aslida bu funksiya kerakli vaziyatlarda yoki kerakli odamlarga qayerda suratga olganingizni ko‘rsatishga yordam beradi. Lekin, masalan, uyda tushgan suratingizni internetga yuklaydigan bo‘lsangiz, internetdagi har qanday odam qiynalmasdan uy manzilingizni bilib olishi mumkin. Buning oldini olish uchun qurilmangiz sozlamalarida geoteggingni o‘chirib qo‘yishingiz yoki faylni internetga yuklashdan oldin joylashuv ma’lumotlarini olib tashlashingiz mumkin. Batafsil bu videoda: instagram.com/reel/CwK_mm9hXze/ #ishon_ma #ergash_ma #tarqat_ma #bemediasmart Ogoh boʻl, media! @mediasaboq — media muhitda xavfsiz yashang