TGINSIGHT CHAT
SAHNA stand-up | Kanal
@sahnastandup
Humor and entertainment🎤 Sahna stendap klubining yagona rasmiy Telegram kanali Klub ichi va atrofidagi mavzulardan xabardor boʻlish uchun siz ham shu atrofda boʻlib turing) Siz bilan birgalikda koʻplab mavzularni muhokama qilishimiz ham kerak hali)
Siaran terkini
Halaman 59 daripada 60 · 712 siaran
Diterbitkan 3 Okt
#sahnaprogrammasi Demak, hafta davomida Sahna’da 5-oktyabr, payshanba 19:00 — Ochiq Mikrofon 21:00 — “E’tibor berganmisiz?” 6-oktyabr, juma 19:00 — Ochiq mikrofon 20:00 — Asilbek Zikirov va Fayzulla Nosirovlarning sinov konserti 21:00 — “Uyat bo‘lsa ham aytaman 7-oktyabr, shanba 18:00 — Xay Mayli podcast 21:00 — Oltin g‘ildirak 8-oktyabr, yakshanba 19:00 — Ochiq mikrofon 21:00 — Mirshakar Fayzulloyevdan “Malades” konsert dasturi Har bir shou uchun chiptalarni @sahnastandup_bot’ning “Afisha” bo‘limi orqali xarid qilishingiz mumkin (ayrim ko‘rsatuvlarga kirish tekin). Batafsil ma’lumotlarni hafta davomida berib boraman. Haftani Sahna’da maroqli o‘tkazing! @sahnastandup
Hashtags
Diterbitkan 3 Okt
#nostalgiya Televideniyaning shonli davrlarida gazetaning xuddi shu beti qiziqtirardi mani) Yana kim shunaqa “programma”larni kuzatib turish uchun gazeta o‘qirdi?
Diterbitkan 3 Okt
#nostalgiya Televideniyaning shonli davrlarida gazetaning xuddi shu beti qiziqtirardi mani) Yana kim shunaqa “programma”larni kuzatib turish uchun gazeta o‘qirdi?
Hashtags
Diterbitkan 1 Okt
“Markaziy bahonalar markazi” va “Gong Shou” Bu ikki shoudan qaysi birini jonli koʻrgansiz? Bugungi bayram munosabati bilan yana bir marta jonli koʻringla endi) “Markaziy bahonalar markazi” — 19:00da, chiptalari shu yerda “Gong shou” — 21:00, chiptalari shu yerda Sahnaga kelib, mazza qiling! P.S: Shoular haqida ma’lumotga ega boʻlmasangiz, komentga yozing, batafsil tushuntiraman. @sahnastandup
Diterbitkan 30 Sep
Diterbitkan 29 Sep
Hozirgi e’lonni Mirshakar akani intonatsiyasida oʻqishni tavsiya qilaman. Aytib turganlarida yozvoldim. Xullas: Sahna ochilganidan beri Toshkentda stendap konsertla koʻpayib qoldi. Nafaqat oʻzbek komiklari, balki chetdan ham komiklani chertib-chertib choqiryapmiz. Xuddi shunday, ertaga Galim Kaliakbarovni konsert boʻlyapti Sahna’da. Birinchi seans uchun hamma biletchalari sotilib ketdi. Bemalol ikkinchi seansga kesanglar boʻladi, 15-20tacha joy bor. Tanimasangla, mana Instagrami, mana Youtube’dagi konserti. Ertaga 17:30da (30-sentyabr) Biletchalamana @sahnastandup
Diterbitkan 29 Sep
Ikkita e’lon bor 1. Vayn qoʻyishni boshlayman (uzr, yaratuvchanlik darajam shunga yetarkan faqat) va bu haqda sal kechroq gaplashamiz. 2. Bugun “Uyat boʻlsa ham aytaman” bor. Bu bizda eng koʻp soʻraladigan va eng koʻp sotiladigan formatlardan biri. Oldin kelgan boʻlsangiz, bundan xabardorsiz, kelmagan boʻlsangiz, tavsiya qilaman. Bu shouda siz koʻrishni istagan deyarli hamma bor: Mirshakar Fayzulloyev, Ozod Shukrulloyev, Islom Karimov, Rasul24, Nozim Safari va yana 2 ta qaysidir yulduz. Kelinglar, mazza qilib kulishamiz! Bugun 21:00da Chiptalar shu yerda @sahnastandup
Diterbitkan 29 Sep
Hammasi shu yerdan boshlanadi! Gap Ochiq mikrofon haqidaligini tushungan bo‘lsangiz kerak. Ochiq mikrofonda siz ham yangi komiklardan, ham tajribalilaridan hazillar eshitish bilan bir qatorda o‘zingizni ham sahnada sinab ko‘rishingiz mumkin. Keling, ko‘ring, kuling va hazillaringiz bo‘lsa, sahnaga ham chiqing! Bugun 19:00da Chiptalar shu yerda @sahnastandup
Diterbitkan 28 Sep
Bugun Sahna’da 4 ta komik... Har biri o‘z mavzusi bilan keladi va muhokama asosida hazillar sahnaning o‘zida yoziladi. “E’tibor berganmisiz?” shousiga tashrif buyuring va hazillarni “jonli ijro”da tinglang! Soat 21:00da Tashrif buyuring va Mazza qiling! @SahnaStandup
Diterbitkan 28 Sep
Bugun Sahna’da Xay Mayli Stand-up a’zolari oʻzlarining yangi hazillarini sinab koʻrishadi. Soat 19:00da Chiptalar shu yerda Tashrif buyuring va Mazza qiling! @SahnaStandup
Diterbitkan 27 Sep
Ko‘pchiligimizda ertalab uyg‘onib, ikkinchi qiladigan ishimiz — telefonni tekshirish (kimdadir bu birinchi yoki uchinchi ish bo‘lsa, uzr. Xullas, bitta kemadamiz) Shunday ekan, uyg‘ongach, kunni yaxshi kayfiyatda boshlanglar, deb quyosh chiqmasdan burun bugungi yaxshi yangiliklarni yozib qo‘yay dedim. O‘qib, xursand bo‘ldik degan messej beringlar keyin sizlaram (kelishib ishlayapmiz-ku) Demak, bugun Sahna'da 2 ta juda qizg‘in shoular bo‘ladi: 19:00 da Xay Mayli Stand-up — Bachala bilan birgalikda matvatsaga to‘lib, yangidan-yangi hazillar yozishda davom etyapmiz. Sizlaram tashrif buyurishda davom etinglar! Toza klassik stendap uchun barchasi tayyor! 21:00 da“E’tibor berganmisiz?” — 4 ta komik, sahnani o‘zida, “jonli ijro”da hazillar yozishadi. (Bu boshqacha mazza) Bugun shular. Hey, abedlarda yana bir eslataman. Agar mabodo, mani esimdan chiqib qolsa, sizlaram manga eslatinglar! Kelishib ishlayotganimizdan xursandman) Barchani Sahna stand-up club’da kutib qolamiz! Chiptalar va afisha uchun: @sahnastandup_bot
Diterbitkan 27 Sep
Shu kanal haqida qisqacha)