TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Self Improvement
Self Improvement avatar

TGINSIGHT POST

Post #1124

@selfdeprules

Self Improvement

Tontonan290Bilangan tontonan siaran
Diterbitkan9 Mei09/05/2024, 06:15 PTG
Kandungan

Kandungan siaran

​​#taqriz Ushbu kitobni yosh onalar uchun judayam zarur deb bilaman. Chaqaloqni anglash, his etish judayam chiroyli tarzda bayon etilgan va ona qornidan to 3yoshgacha bo'lgan davrdagi rivojlanishi, asosan uyqusi tushuntirilgan. Tug'ilganidan keyin dastlabki 6 oyda ona va bola orasidagi rishta qanchalik muhimligi, va keyingi yillar uchun mustahkam poydevor bo'lishligi haqida yozilgan. Bolani qanaqa uxlatish, so'rg'ichdan to'g'ri foydalanish, emizgan holatda uxlatganda nima bo'lishi, yoki ba'zi onalar chaqaloq yig'lagandan ko'krak tutish noto'g'riligi, hammasi batafsil etib o'tilgan. Bolani yotog'ini alohida qilish, o'zi uxlab qolishi uchun qanaqa sharoit yaratish, hattoki uxlatish sxemalari ham bor. Farzandimga homilador paytim bitta kursga rosa qiziqqanman, nomi "Orom uyqu" midi esimda yo'q. Yozganman adminiga, yaxshiyam qabul qilishmagani😂, u kursda o'qish uchun bola kamida 3oylik bo'lishi kerak ekan. Lekin qisqacha tushuncha oganman, va o'sha narsa xatoligini keyin tushunib yettim nevropotologla bn maslahatlashgandan keyin, va ushbu kitobdayam o'sha usullar bolaga qanaqa darajada yomon ta'sir qilishi yozilgan ekan. Bir gap bilan aytganda hamma homilador ayollarga va chaqalog'i bor onalarga tavsiya qilaman o'qishni. Birinchi farzandimda qilgan xatolarimniyam tushunib yettim va keyingi farzandlarimda xudo xohlasa shu o'qiganlarimni qo'llab ko'raman. Hayrli mutolaa💝💖 @selfdeprules