TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Self Improvement
Self Improvement avatar

TGINSIGHT POST

Post #589

@selfdeprules

Self Improvement

Tontonan248Bilangan tontonan siaran
Diterbitkan1 Mei01/05/2023, 07:50 PG
Kandungan

Kandungan siaran

#taqriz Brayan Treysining "Lider Shaxsiyati" kitobi. Bilasiz, shaxsiy hayotda, ishda muvaffaqiyatga erishib, muvozanatni saqlash juda muhim. Ish deb oilani, oila deb ishni unutib qo'ymaslik kerak. Ushbu kitob ishda, umuman olganda hayotda o'z o'rningizga ega bo'lishingizga yordam beradi. Muvaffaqiyatga erishish sirlari, ishda kerakli xodim, oilada mehribon, farzandlariga to'g'ri yo'l-yo'riq ko'rsata oladigan ota-ona bo'lish haqida anchagina guidelar, maslahatlar berib o'tilgan. Motivatsion kitob bo'lib qolmasidan, balki psixologik ham ancha narsalar tushuntirilgan. Oldinlari psixolog bo'lishni qanaqadir orzu qilardim. Keyinchalik o'z ustimda ishlab bu fikrni xatoligini tushunganman. Lekin bu kitob mutolaasidan keyin har bir shaxs o'ziga o'zi yaxshigina psixolog ekanligini angladim. Ong osti qanday ishlashi, har bir narsani miyada dasturlash, stress ta'sirini kamaytirish, salbiy his-tuyg'ulardan qutilish, hamda yana ko'p foydali narsalar berilgan. O'qib ko'rishingizni maslahat beraman. @selfdeprules