TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Self Improvement
Self Improvement avatar

TGINSIGHT POST

Post #790

@selfdeprules

Self Improvement

Tontonan9,700Bilangan tontonan siaran
Diterbitkan30 Ogo30/08/2023, 11:24 PG
Kandungan

Kandungan siaran

​​#taqriz 🌻Piter Til — "Noldan birga" Shu kunlarda ko'proq biznes boshqaruvi, strategik fikrlash va to'g'ri qaror qabul qilishga o'rgatadigan kitoblarni o'qiyapman. Avvaliga Asaxiyda chop etilgan ushbu kitobning sarlavhasi meni o'ziga tortdi. Va keyin o'qib shunga amin bo'ldimki, haqiqatdan kitobda ajoyib ma'lumotlar, foydali maslahatlar va inglizcha aytganda "guide"lar berib o'tilgan ekan. Kitobning asosiy mundarijasiga qarasak, unda startaplarni to'g'ri boshqarish, jamoaga odamlarni qanday jalb qilish va ish faoliyatida qaysi omillarga tayanib muvaffaqiyatga erishish haqida bayon qilingan. Orangizda agar moliyachilar bo'lsa, (bo'lmasa ham) ko'pchiligingiz "PayPal" kompaniyasi to'g'risida eshitgan bo'lsangiz kerak. Ushbu kompaniyaga eng boshida 6 ta inson boshchiligida asos solingan. Eng qiziqarlisi, ularning 3 nafari kommunistik davlatlardan qochib kelgan bo'lsa, 4 nafari maktab davrida qo'lbola bomba yasagan — qisqa qilib aytganda "o'ta g'alati shaxslar" bo'lishgan. Kitobda asosan "PayPal" tarixi haqida hikoya qilinadi, masalan, kompaniya boshida obunachilar uchun pul to'lagan, dastlabki yillarda esa deyarli foyda ko'rmagan. Bundan tashqari, "Microsoft"ga bo'lgan hujumlar, "Apple"ning bozorga kirib kelishi borasida ham ko'plab qiziq faktlar ochiqlangan. Shuningdek, unda oldingi zamonlarda internet kirib kelishini odamlar qanday qarshilagani va keyingi o'zgarishlar, raqobat mafkurasi, jumboqlar, mafiya strukturalari haqida aytib o'tilgan. Masalan, startaplar 7 ta tamoyilga asoslanib qurilishi, u muvaffaqiyatli chiqishi uchun hech bo'lmaganda, ulardan 4 tasiga erishilgan bo'lishi kerakligi ta'kidlangan. Bunday startaplarga misol qilib - ko'pchilikka tanish va elektrokarlar ishlab chiqishga ixtisoslashgan "Tesla" startapi keltirilgan. "Tesla"ning har bir qadami boshqa katta kompaniyalar kuzatuvida bo'lgan, misol uchun, "Daimler" kompaniyasi "Tesla"ning akkumlyatoridan, "Mercedes-Benz" transmissiyasidan, "Toyota" dvigatelidan nusxa olgan deyishadi. Hattoki "General Motors" ham "Tesla"ning keyingi harakatlarini oldindan bilish maqsadida maxsus kuzatuvchi ishchi guruhi tuzishgan deyishadi. Bundan tashqari, investorlar bilan ishlash vaqtida nimalarga e'tibor qaratish, qaysi tamoyillarga tayanish bo'yicha ham misollar bilan tushuntirib o'tilgan. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, bu kitob menga juda yoqdi. Asar muallifi, mashhur "PayPal" va "Palantir" kompaniyalari asoschisi, hozirda o'z sohasida gigant korporatsiyalarga aylangan "Facebook" va "SpaceX" kabi startaplarning ilk investorlaridan biri bo'lmish - muvaffaqiyatli biznesmen Piter Til ushbu qo'llanma orqali biz bilan o'z ish tajribasini bo'lishadi, hayotiy voqealardan misollar keltiradi. Shu sababdan, kitobni bemalol biznes boshqaruvi sohasiga qiziqqan istalgan o'quvchiga tavsiya qilaman. Yoqimli mutolaa:) @selfdeprules