Kandungan siaran
#taqriz#review Masaru Ibukaning "Uchdan keyin kech" kitobi haqida. Kelajak avlodni yaxshi qilib tarbiyalash, mukammal darajaga yetkazish har bir ota-onaning eng muhim burchi hisoblanadi. Shu sababli hozirda faqat tarbiyaviy kitoblarni mutolaa qilyapman. Shu paytgaca ancha kitob o'qigan bo'lsam, eng sodda tilda va juda to'g'ri tilda tushuntirilgan deb "Uchdan keyin kech" kitobini bemalol ayta olaman. Bola 6 oylikdan suza olishi, yurishdan oldin konkida ucha olishini bilarmidingiz? Hayron qolganingiz tabiiy. Men birinchi o'qiganimda juda hayratda qoldim. Aslida go'daklarning qobiliyati kattalarnikidan ancha oldinda bo'larkan. Faqat buni to'g'ri yo'naltira olish ota-onaga, oilaviy muhitga bog'liqligi aytib o'tilgan. Uch yoshgacha boladagi fundament yaxshi qurilsa, katta bo'lganidan keyin o'rganish, o'qish, ishlashda boshqalarga nisbatan kamroq qiyinchiliklarga uchrashi yoritib berilgan. Ko'pchilik, masalan ota-onasi, qarindosh urug'i ahloqsiz bo'lib o'tgan bolalarniyam shunaqa bo'lib yetishadi deb o'ylashadi. Lekin aslo bunday emasligi ancha tadqiqotlarda isbotlangan. Yoki, aksincha, ota-ona o'qimishli, ziyoli bo'lsayam farzandi ularga o'xshamasligi mumkin. Hamma narsa berilgan tarbiya va oilaviy muhitga bog'liqligi tushuntirib o'tilgan. Shunday ekan bolani rivojlanishi, harakteri genlarga aloqasi yo'q. Bir yoshga yetmagan bolagayam gapirish, nutqini rivojlantirish, tushunsa-tushunmasa boshqa tillarda multfilm yoki ko'rsatuvlar ko'rsatilishi kerakligini bilganimdan keyin bolamga nisbatan ko'p narsani o'zgartirdim. O'zi o'g'limga faqat yo ingliz tili, yo rus tilida qo'yib beraman multfilmlarni. 3 oyligidan multfilm ko'rishni boshladi va 4 oyga kelib, multfilmi boshlansa kuladigan odat chiqardi, yana 2ta qismini juda miriqib ko'rishini sezib qolganimda to'g'risi hayratda qolgandim. Chunki 4 oylik bola allaqachon bilyapti nima boshlanganini. Lekin ushbu kitobni o'qigach hammasiga tushundim. Bola nimaga o'rgatilsa, shuni qilarkan. Bundan tashqari 4.5 oyligida 1-marta ingliz tilida gapirganimda manga qarab og'zini ochib qotib qoldi, nima bo'lganiga tushunmasdan😂. Lekin hoz gapirsam kulib qarab yotadi😁. Albatta sizda savol tug'ilishi mumkin, bola baribir tushunmidi, nima keragi bor deb. Hozirgi zamonda bola qachon bo'lsayam baribir chet tilini o'rganishga majbur. Qachon o'rganishni boshlasayam, miya o'zi funksiyalashtirarkan, chunki u oldinam eshitgan bu narsalarni, shu narsala qaytalanib o'rganishi oson bo'larkan. Xullas, bir gap bilan aytganda o'qilishi shart bo'lgan kitoblardan biri. Tarbiya, o'rgatish qancha erta boshlansa, kichkintoyingiz kelajakda kamol topishi shuncha osonlashadi. Yoqimli mutolaa🌸 @selfdeprules