Bored Panda@boredpandablog · Post #11746 · 06/04/2026, 04:32 PG
#haqida
Eron
Eron ni*uya aslo taslim bo'lmaydi. U yana bir-ikki hafta chidab bersa kifoya.
Yevropa va Osiyo haqiqiy qiyinchilikni his qila boshlashi bilan, ular "Buyuk Amerika Imperiyasi"ga qarshi bosh ko'tarishadi.
Eron hozir dunyoni xuddi "kovid" davridagidek to'xtatib qo'yishi kerak.
Rashev
@boredpandablog
Bored Panda@boredpandablog · Post #11745 · 05/04/2026, 02:22 PTG
#haqida
Vertikal TVlar
Yaqin orada uylarda reels, shorts koʻrish uchun vertikal Televizorlar paydo boʻlsa kerak.
TVlar ham yangi Reels Tv kabi kanallarni ishga tushiradi.
Shu bilan yashashga mahkummiz.
@boredpandablog
Bored Panda@boredpandablog · Post #11681 · 22/03/2026, 05:45 PTG
#haqida
Bugunning paradoksi
“Arsenal”ni yoqtirmayman lekin “Siti”ni umuman yoqtirmayman va shunchun bugun uni yutqazishini istayman:)
Ammo Husanovni ilk oʻzbek sifatida Angliya liga Kubogini yutishini istayman.
Vot shunaqa ikki xil holatda futbol koʻrib oʻtiribman.
@boredpandablog
Bored Panda@boredpandablog · Post #11680 · 22/03/2026, 03:47 PTG
#haqida
Doktor bilan qoʻrqitish
Biz bolaligimizda doktorlar, hamshiralar, kasalxona va umuman oq xalatli kimni koʻrsak qo’rqardik. Qabul payti harhasha qilardik. Dori va ukoldan qo’rqardik.
Hozir bolalarimizni doktor yoki ukol bilan umuman qoʻrqitmaymiz. Ular ham doktordan deyarli choʻchishmaydi, dorilarni bemalol qabul qilishadi.
Va bu yaxshi men sizga aytsam.
@boredpandablog
Bored Panda@boredpandablog · Post #11648 · 17/03/2026, 04:46 PTG
#haqida
Eski usul
Bir shoir Rauf Parfi oldiga kelib, “she’rlarimni hech bosishmayapti, nima qilay maslahat bering?” deganida, “she’ringni Lenin bobom deb nomla” degan ekan.
Shunga oʻxshab endi siz ham qanday qilib loyihangizga katta pul undirmoqchi bo’lsangiz, uni AI deb nomlang.
@boredpandablog
Bored Panda@boredpandablog · Post #11623 · 12/03/2026, 02:19 PTG
#haqida
Sizningcha, o'zbek Instagram auditoriyasining katta qismi uchun dunyodagi ENG Yoqimli Tinchlantiruvchi Kontent janri nima deb o'ylaysiz? Patriotik videolar? Yo'q. Hayvonlar bilan olingan videolarmi? Yo'q. Seksual kontentmi? Unchamas. Ibratli videolar? Hamisha ham emas.
Nazarimda, juda ko'pchilik odamlar uchun eng Yoqimli va Tinchlantiruvchi Videokontent janri — bu Uy Showroomlari. Ya'ni sotiladigan uylarni batafsil ko'rsatib beradigan videolar. Ammo ularning hammasi emas. Aynan O'TA Qimmatbaholari.
Yaqinda Instagram algoritmim o'zgarib, oldimdan faqat qimmatbaho uylar videosi chiqishni boshladi. Tasavvur qiling, 28 milliard so'mlik uyni videosi boshlanyapti. Qizig'i, o'sha blogerning potensial auditoriyasi Instagramda yo'q. Har holda men qo'lida naqd 28 mlrd so'mi bor odamning Reels ko'rib o'tirishga vaqti borligi va tanishlari yo'qligiga shubhalanaman:)
Xullas, ulkan saroyni ko'rib o'tirgan millionlab prosmotrlar mutlaqo foydasiz, ularning hech biri hech qachon bu uyni sotib ololmaydi. Izohlarga kiraman. Qizig'i, birorta negativ yo'q. Hamma orzu, duo va o'ziga tilab izohlar qoldirgan. Bu yomon emas, balki men ham ba'zi uylarni yoqtirgandirman, ammo bu ko'pchilikka xuddi terapiyaga borgandek ta'sir qilishini sezdim.
Bunga sabab, O'zbekistonda, ayniqsa, Toshkentda yashaydigan juda ko'p insonlarning shaxsiy uy-joyi yo'q (xuddi men kabi) va shu paytda bu kabi videolar chiqishi insonga boshqacha ta'sir qiladi. Ichidagi orzularni yozib, duo qilishi bilan ancha yengillashgandek bo'ladi. Ayniqsa, ayollar.
Shu sabab bu kabi videolar doimo yaxshi ko'riladi. Bez negativ. no S zavistyu.
@boredpandablog
Bored Panda@boredpandablog · Post #11606 · 07/03/2026, 05:44 PG
#haqida
Serialda kichik detal orqali katta narsalarni ochib berish
“Ripley” serialida kadrda tez-tez mashhur Montblanc Meisterstück 149 peroli ruchkasi namoyon bo'ladi. Rejissyor Stiven Zellian uni ataylab qayta-qayta yirik planda ko'rsatadi. Buning bir nechta aniq sabablari bor:
Avvalo 1960-yillarda, raqamli texnologiyalar paydo bo'lishidan oldin, insonning imzosi uning shaxsini tasdiqlovchi asosiy dalil bo'lgan. Tom Ripli — firibgar bo'lib, cheklar, hujjatlar va xatlarda Dikining imzosini soxtalashtirish orqali uning hayotini tom ma'noda o'zlashtirib oladi.
Ikkinchidan, Qashshoqlikda o'sgan va Nyu-Yorkdagi marginal hayotga o'rganib qolgan Tom uchun Dikining buyumlari boylik, o'ziga bo'lgan ishonch va imtiyozlar yetib bo'lmas orzular edi. Kamera ruchka, katta uzuk, kuldon yoki soatda shunchalik tez-tez to'xtab turadiki, chunki aynan Tomning o'zi ham ularga shunday — ochko'z ishtiyoq bilan qaraydi.
Serialda kimdir: «Chiroyli ruchka», deb maqtov aytgan har safar bu Tomning xudbinligini qondiradi va u shunchalik qattiq taqlid qilishni xohlaydigan yuqori tabaqaga mansubligini tasdiqlaydi.
Sotsiopat Tom uchun bu dabdabali buyumlar insonning o'zidan ko'ra ancha katta vazn va qadr-qimmatga ega.
Xullas serial ijodkorlari Riplining birovlarning qimmatbaho buyumlari bilan to'ldirishga urinayotgan ichki bo'shlig'ini ko'rsatish uchun bunday moddiy obyektlardan mohirlik bilan foydalanishgan.
Bu mening eng sevimli seriallarimdan biri.
@boredpandablog
Bored Panda@boredpandablog · Post #11570 · 27/02/2026, 08:37 PG
#haqida
Yangi tur firibgarlar
Toshkentning har bir tumanida ayni ma’lum bir lokatsiyalarida (+-100metr) bir necha odamlar uyoqdan buyoqqa yurib ayni bir maqsadlarda (yoʻlkira, ovqat va hz) oʻtkan-ketkanlardan pul soʻrab yurishibdi.
Qizigi, bular biz odatlangan loʻli emas, yaxshi kiyingan yosh oʻzbek (orada rus) bolalar/qizlar, kattaroq kishilardan iborat.
Ularni tanib olish oson: avvalo sizni toʻxtatishga urinadi, darhol qoʻlini choʻzadi, salomdan keyingina maqsadga oʻtadi.
Bularga pul bermaslik, salomlashmaslik kerak. Ayniqsa bular bilan uchastkovoylar shugʻullansa yaxshi boʻlardi.
@boredpandablog
Bored Panda@boredpandablog · Post #11561 · 25/02/2026, 06:29 PG
#haqida
Tanla
Ko’pchilik hayron qolar, balki buni hali ochiq aytmaganim uchundir (men kimedimki meni nima filmni yaxshi koʻrishimga birov qiziqsin:)) yoqtirgan filmlarim roʻyxatida bitta film bor.
1980-yillardagi Britaniyadagi aksilinarkotik kampaniyasining shiorini iste’molchilik davri realliklari ustidan pichingga to‘la mulohazaga aylantirilgan matni menimcha kino tarixidagi eng mashhur monologlardan biriga aylanadi.
Uni bosh qahramon Iggy Popning "Lust for Life" xiti sadosi ostida politsiyadan qochib, ekranlarga shiddat bilan kirib kelayotib irod qiladi. 1996-yilning fevralida dunyo yuzini ko‘rgan "Igna ustida" (Trainspotting) filmi esa ham aktyor Yuen Makgregorga, ham rejissyor Denni Boylga olamshumul shuhrat keltiradi.
Hayotni tanla.
Ishni tanla.
Karyerani tanla.
Oilani tanla.
Katta televizorni tanla.
Kir yuvish mashinalari, avtomobillar, CD-pleerlar va elektr konserva ochgichlarni tanla.
Sog‘lom hayot, past xolesterin va ipotekani tanla.
Ruxsat etilgan foiz stavkasini tanla.
Do‘stlarni tanla.
Sport kiyimi va unga mos keladigan chamadonlarni tanla.
Kreditga olingan uch xonali uyni tanla.
Farzandlaringni tanla.
Divanda o‘tirib, oshqozoningni fastfud bilan to‘ldirgancha, televizorga tikilishni tanla.
Va nihoyat, o‘zing dunyoga keltirgan o‘sha xudbin, axloqi buzuq zurriyotlaring oldida sharmandalikdan yonib, chirib bitishni tanla.
Kelajagingni tanla.
Hayotni tanla.
@boredpandablog
Bored Panda@boredpandablog · Post #11545 · 24/02/2026, 04:20 PG
#haqida
Sun'iy intellekt matnlari
Balki ko'p yozganimdan, balki Sun'iy intellektga borgan sari ko'p murojaat qilganimdan ijtimoiy tarmoqlarda matnlarning qay biri AI yoki yo'qligini farqlashga o'rganibman. Balki bunga yana SI o'zbek tilida sof xalqona va tabiiy yozishga hali biroz qiynalayotgani ham bir sababi bo'lishi mumkin.
Xullas, ajdarga qarshi kurashaverib o'zing ham ajdarga aylanib qolasan deganlaridek, biz ham aqlimiz va vaqtimzni tejaymiz deb butunlay SI ga "o'tirib" qolishimizdan qo'rqaman.
@boredpandablog
Bored Panda@boredpandablog · Post #11488 · 12/02/2026, 07:04 PTG
#haqida
Telegram’ni bloklash va rossiyaliklarni boshqa ilovaga majburan o‘tkazish foydasiga keltirilayotgan dalil sifatida ko‘pincha Xitoy tajribasi (WeChat messenjeri) misol qilinadi. Biroq bu mutlaqo noto‘g‘ri qiyosdir.
WeChat hech qachon "milliy messenjer" sifatida tayinlanmagan va odamlarga majburlab tiqishtirilmagan. U 2010-yillarning boshidagi erkin raqobat muhitida o‘nlab da’vogarlar (jumladan, o‘sha yillari hech qanday cheklovlarsiz ishlagan WhatsApp kabi xalqaro messenjerlar) orasidan eng yaxshi servisni taklif qilib, mutlaq yetakchiga aylangan. Faqatgina WeChat tabiiy ravishda auditoriyaning ko‘p qismini zabt etganidan keyin davlat u yerga o‘z xizmatlarini integratsiya qila boshladi.
Xuddi shunday holat Koreya va Yaponiyada ham kuzatilgan: u yerda KakaoTalk va LINE (bozorning 90% dan ortig‘i) chet el raqobatchilarini bloklamasdan va ma’muriy yordamsiz yetakchilikni qo‘lga kiritgan.
Ya’ni, Rossiyaning aholiga biror servisni buyruqbozlik bilan majburlab o‘tkazishga bo‘lgan urinishi jahon tajribasida birorta ham muvaffaqiyatli misolga ega emas. Dunyoda o‘z bozorida yetakchi bo‘lgan bor-yo‘g‘i uchta mahalliy messenjer mavjud va ularning barchasi amaldorlarning tayinlovi emas, balki bozor raqobatining natijasidir.
Raqobat — innovatsiyalarning harakatlantiruvchi kuchidir. Uni yo‘q qilish esa faqat hayot sifatining pasayishiga va muloqot xavfsizligining yomonlashishiga olib keladi.
Pavel Durov
@boredpandablog
Bored Panda@boredpandablog · Post #11414 · 01/02/2026, 07:41 PG
#haqida
Epshteyn hujjatlari
Menimcha, bu zamonamizning eng haqqoniy epitafiyasidir. Biz o‘nlab yillar davomida “muvaffaqiyat madaniyati”ni yaratib, oxir-oqibat shuni angladikki, boylik va qudrat zanjirining cho‘qqisida yarimma’budlar emas, balki cheksiz pullari va jirkanch shahvoniy xohishlarga egq zerikarli odamlar o‘tirarkan.
Gap hatto ro‘yxatdagi prezidentlar yoki shahzodalardayam emas. Fojia shundaki, biz buni ko‘rib zarracha ham ajablanmaymiz. Epshteyn oroli - bu shunday dunyoning mantiqiy yakuni bo‘lib, unda vijdon Loro Piana paltosi bilan birga garderobga topshiriladi va insonning “yalangʻoch” nafsi bilan kirib ketiladi.
Lekin bu bilan hech nima o’zgarmaydi. Haqiqat yoki yo’qligi ham ahamiyatsiz. Dunyo ostin-ustun bo‘lmaydi. Shunchaki, ulkan boylik seni o‘ta inson qilib qo‘ymaydi - u faqat oʻz nuqsonli harakteringga shaxsiy samolyot va juda qimmat advokatlarni taqdim etadi, xolos.
@boredpandablog