TGINSIGHT CHAT
Ulashilgan
@ulashilgann
BlogsManfaatli bo'lsin deb ulashamiz. Izohlarda siz ham ulashing.
Siaran terkini
Halaman 1 daripada 5 · 51 siaran
Diterbitkan 20 Apr
Diterbitkan 20 Apr
(Bu asosan yigitlarga tegishli) Iqtidorli va salohiyatli yoshlar ancha ko'paydi. Til o'rganishdi. Darajasi yuqori, ingliz tilidagi murakkab mavzularda podcastlar tinglashmoqda. Ulardan olgan bilimlariga amal qilishga harakat qilishmoqda. Bu juda yaxshi. Bu joyiga men chindan hursand bo'laman. Ko'p men tanigan yigitlar asosan hayot tarzini targ'ib etuvchi podcastchi yoki fikr yetakchilarini kuzatishadi. Yaqqol misollar Tim Ferriss, Andrew Huberman, Chris Williamson, Lex Fridman, Alex Hormozi, George Mack kabilar. Bu insonlar orasida bir o'xshashlik bor. E'tibor bersak ularda na oila, na farzand bor. Berayotgan fikrlarini qabul qilish albatta mumkin, lekin aynan shu oila va farzandi bo'lishlik omiliga ham e'tibor berish juda muhim. Sababi oila va farzand o'z ustida ishlaydigan erkak kishini hayotga bo'lgan qarashlarini yaxshigina o'zgartiradi. Aniqrog'i fokusni egodan olib, jamiyatga yo'nalishiga sabab bo'ladi. Bek Olimjon 20.04.26 Norvegiya
Diterbitkan 7 Mac
https://youtu.be/hWI_2fwiwpU?si=6g4a92mQ6zi_2Zam
Diterbitkan 22 Feb
https://youtu.be/_d4rBM2xegA?si=J-1TAM4PCHfYzEi_
Diterbitkan 17 Feb
Keling, dahshatli bir tasavvurni chizamiz. Toshkent. 2026-yil. Otabek qo’lidagi iPhone 17 Proni ochdi. Instagramga kirdi. Reels larni varaqlay boshladi. Birdan ekranda Kumush paydo bo’ldi. Yo’q, u Marg’ilondagi ariq bo’yida, paranji yopinib, uyalib turgani yo’q. U Dubayda. Trenddagi sho’x musiqaga raqsga tushyapti. Egnida kalta ko’ylak. Tagida 10,000 ta izoh: “Vau!”, “G’alati”, “Yorvoribsiz!”. Otabek nima qildi? U oh urib, yiqilmadi. U ishqdan yonmadi. U shunchaki ikki marta bosdi Like va... keyingi videoga o’tib ketdi. Bo’ldi. O’tgan kunlar tugadi. Roman yozilmadi. Fojia bo’lmadi. Sevgi bo’lmadi. Hammasi... davomi https://open.substack.com/pub/dostonjonuzoqov/p/otgan-kunlar-2026?r=6z6a01&utm_campaign=post&utm_medium=web&showWelcomeOnShare=true Doston Jonuzoqov
Diterbitkan 17 Feb
https://youtu.be/K84BGAZ4eBg?si=cFNjGytUNhn47Po1
Diterbitkan 16 Jan
https://www.youtube.com/watch?v=5R7X2YxHPXI&t=1671s
Diterbitkan 20 Dis
https://www.youtube.com/watch?v=L5caM000kFw
Diterbitkan 2 Dis
https://youtu.be/JSX-yg4d0dw?si=Nvn0pcMIYi6rbybh
Diterbitkan 22 Nov
https://youtu.be/jezCabgB5xc?si=tFXsxc_dTvapGkG4
Diterbitkan 19 Nov
https://youtu.be/79hRzKceU04?si=nyr3P7ep87NUPPQi
Diterbitkan 5 Nov
Hayotimiz bir nechta lahzalar yig’indisidan iborat. Ular kunlarni, kunlar esa oylarni, oylar esa yillarni tashkil etadi. Odatda kunlarimiz 80% qismi bir xillikdan iborat. 10% dabdala, qolgan 10% esa zo’r kunlar bo’ladi. O’rtadagi 80% sifatiga e’tibor bersak, o’z-o’zidan hayotimiz ijobiy tomonga o’zgaradi. Nima qilish kerak? Men o’rganganim bu o’zim uchun sifatli kun qanday degan savolga javob topish bo’lgan. Ish kunlari: erta turish, qahva, oila bilan nonushta, klinika, o'rganish, yozish, 1-2 soat jismoniy mashg’ulot, oila Dam olish kunlari: erta turish, qahva, oila bilan nonushta, 1-2 soat jismoniy mashg’ulot, yozish, o'rganish, oila Juda oddiy, har kuni qaytarsa bo’ladigan, hech qanday dramalarsiz. Reja qilish oson. Safarda: erta turish, qahva, nonushta, 1-2 soat jismoniy mashg’ulot, kechroq boshqa ishlar. Bugun ham shu safardagi kunlardan biri. Turish, qahva, nonushta, yozish, kompda klinika ishlari, endi 1-2 soat sohil bo’yida yugurish, keyinroq boshqa ishlar. Oddiy. Shovqinlardan uzoq. Qaytarish mumkin bo’lgan (repeatable), reja qilish mumkin bo'lgan (predictable) harakatlar yig'indisi. Zo'r natijalar ana shunday kichik harakatlar kichik natijalari to'planmasidan iborat (compounding effect). Bek Olimjon Istanbul 05.11.25