TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ulashilgan
Ulashilgan avatar

TGINSIGHT POST

Post #46

@ulashilgann

Ulashilgan

Tontonan57Bilangan tontonan siaran
Diterbitkan5 Nov05/11/2025, 10:16 PG
Kandungan

Kandungan siaran

Hayotimiz bir nechta lahzalar yig’indisidan iborat. Ular kunlarni, kunlar esa oylarni, oylar esa yillarni tashkil etadi. Odatda kunlarimiz 80% qismi bir xillikdan iborat. 10% dabdala, qolgan 10% esa zo’r kunlar bo’ladi. O’rtadagi 80% sifatiga e’tibor bersak, o’z-o’zidan hayotimiz ijobiy tomonga o’zgaradi. Nima qilish kerak? Men o’rganganim bu o’zim uchun sifatli kun qanday degan savolga javob topish bo’lgan. Ish kunlari: erta turish, qahva, oila bilan nonushta, klinika, o'rganish, yozish, 1-2 soat jismoniy mashg’ulot, oila Dam olish kunlari: erta turish, qahva, oila bilan nonushta, 1-2 soat jismoniy mashg’ulot, yozish, o'rganish, oila Juda oddiy, har kuni qaytarsa bo’ladigan, hech qanday dramalarsiz. Reja qilish oson. Safarda: erta turish, qahva, nonushta, 1-2 soat jismoniy mashg’ulot, kechroq boshqa ishlar. Bugun ham shu safardagi kunlardan biri. Turish, qahva, nonushta, yozish, kompda klinika ishlari, endi 1-2 soat sohil bo’yida yugurish, keyinroq boshqa ishlar. Oddiy. Shovqinlardan uzoq. Qaytarish mumkin bo’lgan (repeatable), reja qilish mumkin bo'lgan (predictable) harakatlar yig'indisi. Zo'r natijalar ana shunday kichik harakatlar kichik natijalari to'planmasidan iborat (compounding effect). Bek Olimjon Istanbul 05.11.25