TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kontenut
Kontenut tal-post
#Sheʼriy_lahzalar MILLATIM QIZLARI Millatim qizlari – bug‘doyrang qizlar, Tandirdan uzilgan kulchaday shirin. Sizlar-chi, hech kimga o‘xshamaysizlar, Qora ko‘zingizda hayo yashirin. Millatim qizlari – bug‘doyrang qizlar, Tizilib turasiz – tog‘ chechaklari. Yigitlar maqtasa, uyalasizlar, Ularning ertangi kelinchaklari. Millatim qizlari – bug‘doyrang qizlar, Pari momolarin pardozi – meros. Butun oilaning izzatisizlar, Sinchi sovchilarning jon-diliga mos. Millatim qizlari – bug‘doyrang qizlar, Turfa xil satangga qilmangiz parvo. Ularning holini bilamiz bizlar, Ularning tengi siz emassiz aslo! Millatim qizlari, o‘zbek qizlari! 2000 Azim SUYUN t.me/AzimSuyun_ijodi