TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Lura għall-lista tal-kanali
Azim SUYUN ijodi avatar

TGINSIGHT CHAT

Azim SUYUN ijodi

@AzimSuyun_ijodi

Politics

Olam taqdiri – odam taqdiri.

Abbonati376Abbonati attwali
Postijiet immonitorjati417Għadd ta' postijiet indiċizzati
Raġġ reċenti6,058Somma tal-viżjonijiet reċenti
Postijiet reċenti

Postijiet reċenti

Paġna 1 minn 35 · 417 postijiet

Ippubblikat Apr 17

#Sheʼriy_lahzalar EMBEKA* QIZLAR Kimlar tushmas shifoxonaga, Boy-u gado tushar, ezilar. Kirib kelar shu dam xonaga, Pari kabi embeka qizlar. Yurak sanchar, qon bosim oshgan, Og‘rir bellar, tuzdon tizzalar. Parvonadir qari-yu yoshga, Oyday kulib embeka qizlar. Xushro‘y, xushdil, xushchiroy, xushqad, So‘zlaridan eriymiz bizlar. Oq sha’niga yuqtirmaydi gard, Ona qizlar – embeka qizlar. Chopib-yelib o‘tar kunlari, Hakim – ustoz, teran ildizlar. Askarlarday bedor tunlari, Askar qizlar – embeka qizlar. El rozidir, rozidir Vatan, Oq atirgul monandi sizlar. Sog‘lom avlod sizlarga ham tan, Baxt yor bo‘lsin embeka, qizlar! 2000 Azim SUYUN t.me/AzimSuyun_ijodi

75 views

Ippubblikat Apr 17

#Sheʼriy_lahzalar NAHGRUDDA BITTA BULOQ BOR Nahgrudda bitta buloq bor, Mangu kuylab yotar baxtiyor. Muhabbatim – jonim-jahonim, Seni olib keturman, dildor. Tepasida do‘lana sergak, Atrofida o‘ynar kapalak. Katta shahar gardlarin qoqib, Yuzlaringni chayursan malak. Nimalardir o‘chirdim, yozdim, Yolg‘onlardan naqadar bezdim. Nahgrudning o‘sha bulog‘in Dilga joylab, dunyoni kezdim. To ko‘rganing bu, gullar emas, Manov oqqan, yo‘q, suvlar emas. Chekkanga chin chechaklar taqib, Hovuch-hovuch ichmasang bo‘lmas. Yulduzlarni ko‘rgung yaqindan, Armon qolmas har o‘tgan kundan. Tosh o‘choqda, qora choydishda, Choy qaynatib berurman undan. Hayot nima, umr zavqi ne? Bu dunyoda yashash shavqi ne? Qalbim Guli, sen meni desang, Nahrgudning shu bulog‘in sev! Nahgrudda bitta buloq bor, Mangu kuylab yotar baxtiyor. Muhabbatim – jonim-jahonim, Seni olib keturman, dildor. 2000 Azim SUYUN t.me/AzimSuyun_ijodi

95 views

Ippubblikat Apr 16

#nasriy_qayirma * * * Qiyinchiliklardan noliyverma, u hayotingni bir omadli izga soladi va yo‘llaringni mustahkamlaydi. * * * Hamisha borar manzilingni aniq-tiniq tasavvur qilishga harakat qil va unga tomon ishonch bilan qadam tashla. * * * Asal bir dardimga davo, ikkinchi dardimga zahar. Tanam esa bitta. Azim SUYUN t.me/AzimSuyun_ijodi

90 views

Ippubblikat Apr 16

#nasriy_qayirma TIRIKLIK Onamning otasini – mening bobomni usta Mamadali der edilar. Usta Mamadali ertayu kech ustaxonasida temirchilik qilardi: o‘roq, tesha, ketmon, poytesha, belo‘roq, temirqoziq, uzangi... ko‘proq otlarga taqa yasardi. U hech tinib-tinchimasdi. Bunday tinib-tinchimasligi qariganda battar kuchaydi. Shunda o‘g‘il-qizlari: “Ota, bo‘ldi, shuncha ishlaganingiz yetar, endi Siz ham bundoq rohat qilib dam oling, ustaxonangizni yig‘ishtiring!” – deyishdi bir kuni yig‘ilib kelishib. Bobomning fig‘oni falakka chiqdi: – Meni “o‘l” demoqchimisizlar, axir, ishlamasam o‘lib qolaman-ku!.. – Keyin... mum tishlab qolgan farzandlarini ko‘rib, yumshagandek bo‘lib gapini davom ettirdi: – Mening dilimni xufton qilavermanglar, ustaxonam bilan ishlaring bo‘lmasin, rostini aytyapman, men ishga suyanib qolganman, tirikligim – shu mehnatimda. “Tirikligim – shu mehnatimda”. Men u paytlar bu so‘zlar ma’nosiga tushunmagandim. Bobomning cho‘kib ketgan ko‘zlariga jovdirab qarab turardim. Lekin bugun bilaman, tunlarni tongga ulab nimalarnidir qoralaganimda gohi g‘amgin, gohi shodumon hayqirgim keladi: “Tirikligim – shu mehnatimda!” (1986-yil) Azim SUYUN t.me/AzimSuyun_ijodi

96 views

Ippubblikat Apr 15

#Sheʼriy_qayirma 10. Ey do‘st! Bir boqmas bu gulro‘, har kun shu sazo, Qaysi bir gunohim uchun bu jazo? To‘yarmi oshiqlar xilxonasi, ayt, Tag‘in bir oshiqqa yetsa gar qazo? Azim SUYUN t.me/AzimSuyun_ijodi

106 views

Ippubblikat Apr 15

#Sheʼriy_lahzalar MILLATIM QIZLARI Millatim qizlari – bug‘doyrang qizlar, Tandirdan uzilgan kulchaday shirin. Sizlar-chi, hech kimga o‘xshamaysizlar, Qora ko‘zingizda hayo yashirin. Millatim qizlari – bug‘doyrang qizlar, Tizilib turasiz – tog‘ chechaklari. Yigitlar maqtasa, uyalasizlar, Ularning ertangi kelinchaklari. Millatim qizlari – bug‘doyrang qizlar, Pari momolarin pardozi – meros. Butun oilaning izzatisizlar, Sinchi sovchilarning jon-diliga mos. Millatim qizlari – bug‘doyrang qizlar, Turfa xil satangga qilmangiz parvo. Ularning holini bilamiz bizlar, Ularning tengi siz emassiz aslo! Millatim qizlari, o‘zbek qizlari! 2000 Azim SUYUN t.me/AzimSuyun_ijodi

287 views

Ippubblikat Apr 14

#Sheʼriy_lahzalar BU DUNYODA... Bu dunyoda kimga do‘stu kimgadir ozorman, Kosa bersang, to‘la ber, nimkosangdan bezorman. Chala kulba, do‘stlarim, menga imorat emas, Kattakon bozor ichra men o‘zim ham bozorman. Kunni sen yarim dema, tun birla butundir ul, G‘aflat uyqusi yotdir, uyqu aro bedorman. Bu jahon maydon erur, manglay qashimagayman, Belim mahkam bog‘langan g‘olib, muzaffar borman. Ota makonim butun, millatim butun, raqib, Osilsang menga osil, eng baland og‘och – dorman. Devona ham dunyocha gap bilar, Azim Suyun, Aslini aytsam, bitta bag‘ri butunga zorman! 2000 Azim SUYUN t.me/AzimSuyun_ijodi

147 views

Ippubblikat Apr 14

#yaxshilar_yodi Энг ёмон душманим – бировдан олган қарзим, – дейди Азим Суюн. t.me/AzimSuyun_ijodi

1,580 views

Ippubblikat Apr 13

#nasriy_qayirma * * * Haqiqat do‘st yoki dushmanga aytiladi. * * * Sarjin o‘tin yoqilmog‘i: kimningdir qozonini qaynatmog‘i, kimningdir tandirini qizitib, nonini pishirmog‘i, tog‘dagi cho‘ponni tafti ila isitmog‘i, ovchini sovuqdan saqlamog‘i kerak. * * * Bir toifa: Qonunni biladi va unga amal qiladi. Bir toifa: Qonunni biladi, lekin unga amal qilmaydi. Bir toifa: Qonunni biladi va ammo iblisona yo‘llarda foydalanadi. Bir toifa: Qonunni bilishni ham, unga amal qilishni ham istamaydi. Azim SUYUN t.me/AzimSuyun_ijodi

194 views

Ippubblikat Apr 13

#Sheʼriy_qayirma 9. Ey do‘st! Ishq jodusi qilgan meni mubtalo, Qurbon qilgay, shaksiz, balo, bu balo. Uni ko‘rib keldim, ko‘rgumdir, illo, Ko‘z ochgan kunimdan qabrimgacha to! Azim SUYUN t.me/AzimSuyun_ijodi

177 views

Ippubblikat Apr 11

#eslaganda Professor Qozoqboy Yo‘ldoshev, shoir Azim Suyun haqida nima deydi? Siz bilmagan haqiqatlar. t.me/AzimSuyun_ijodi

3,000 views

Hashtags

Ippubblikat Apr 10

#Sheʼriy_lahzalar ARMON Xonadonim to‘rida ota-onam surati, Ul suratlar uyimning boyligi-yu ziynati. Bu almisoq dunyoda yo‘q erur ko‘pdan ular, Qoldilar afsonasi va bir hovuch hikmati. Ko‘ngil to‘la armonlar, anglab yetdik juda kech, Tiriklikda oz bo‘ldi biz g‘ariblar xizmati. O‘z murodu orzular ilinjida jon halak, Yellarga sovurildi qancha yillar izzati. Bejiz aytmamish roviy: kaftingda dur – qadri yo‘q, Daryoga tushib ketsa, bilingaydir qimmati. Sahrodagi quduqning jon, tili bo‘lsa aytsin, Unda hal bo‘lgay kelib turfa karvon sarvati. Tun kunni quvgan kabi biz ham o‘tarmiz, farzand, Oh, senga saboq bo‘lsin biz – otalar qismati. 2000 Azim SUYUN t.me/AzimSuyun_ijodi

211 views
123•••10•••20•••30•••3435
PreċedentiPaġna 1 minn 35Li jmiss