TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Azim SUYUN ijodi
Azim SUYUN ijodi avatar

TGINSIGHT POST

Post #472

@AzimSuyun_ijodi

Azim SUYUN ijodi

Viżjonijiet75Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatApr 1717/04/2026 09:50
Kontenut

Kontenut tal-post

#Sheʼriy_lahzalar EMBEKA* QIZLAR Kimlar tushmas shifoxonaga, Boy-u gado tushar, ezilar. Kirib kelar shu dam xonaga, Pari kabi embeka qizlar. Yurak sanchar, qon bosim oshgan, Og‘rir bellar, tuzdon tizzalar. Parvonadir qari-yu yoshga, Oyday kulib embeka qizlar. Xushro‘y, xushdil, xushchiroy, xushqad, So‘zlaridan eriymiz bizlar. Oq sha’niga yuqtirmaydi gard, Ona qizlar – embeka qizlar. Chopib-yelib o‘tar kunlari, Hakim – ustoz, teran ildizlar. Askarlarday bedor tunlari, Askar qizlar – embeka qizlar. El rozidir, rozidir Vatan, Oq atirgul monandi sizlar. Sog‘lom avlod sizlarga ham tan, Baxt yor bo‘lsin embeka, qizlar! 2000 Azim SUYUN t.me/AzimSuyun_ijodi