TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Evolutionary Genomics | Akbarjon Rozimov
Evolutionary Genomics | Akbarjon Rozimov avatar

TGINSIGHT POST

Post #1007

@EvolutionaryGenomics

Evolutionary Genomics | Akbarjon Rozimov

Viżjonijiet228Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatSet 1515/09/2025 17:24
Kontenut

Kontenut tal-post

Bu o’sha mashxur, Tsinghua universitetining yuqori sinf o’quvchilar o’qiydigan maktab (9-12 sinflar). Har doim shu maktab oldidan o’tganimda bir xil forma kiygan, ko’zoynak taqqan yosh avlodga e’tibor beraman. Soat kechqurungi 8-9 lar atrofi maktabdan uylariga qaytishadi. Shularga o’xshagan yana bitta maktab o’quvchisi (10-sinf) bizning ilmiy jamoamizga darsdan ortiq vaqtida keladi. Magistr va PhD talabalar qilayotyan ilmiy ishlariga qiziqib, hozirdan fundamental genomika, python, Linux va R ga o’xshagan dasturlarni o’rganishni boshladi. Bu shuni anglatadiki, Xitoy yoshlari magistr darajasiga chiqqanda Nature, Cell kabi jurnallarda maqola chiqara oladigan darajaga yetadi. Bizda esa, magistr naryoqda tursin, PhD ishlarni ham qo’shtirnoq ichidagi professorlar yozib beradi. Bu jamiyatning kuchsizlanayotgani, va kelajakda Xitoyga o’xshagan davlatlarga qaram bo’lib qolishiga olib kelishi mumkin. https://t.me/EvolutionaryGenomics