TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Evolutionary Genomics | Akbarjon Rozimov
Evolutionary Genomics | Akbarjon Rozimov avatar

TGINSIGHT POST

Post #857

@EvolutionaryGenomics

Evolutionary Genomics | Akbarjon Rozimov

Viżjonijiet176Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatOtt 2121/10/2024 06:28
Kontenut

Kontenut tal-post

Schizopygopsis younghusbandi karpsimonlar (Cypriniformes) turkumi karp (Cyprinidae) baliqlar oilasining Schizothoracinae kenja oilasiga kiruvchi tur. Ushbu tur Tibet platosining Yarlung-Tsangpo daryosi va uning irmoqlarida dengiz sathidan 2900-4000 m balandlikda tarqalgan, dramatik harorat o’zgarishi (kunduz-tun), kuchli quyosh radiatsiyasi va muhitning bir qancha salbiy omillariga moslashgan. Tadqiqotchilar baliqning bunday muhit omillariga moslanish mexanizmini o’rganish uchun to’liq genom va transkriptom sekvensga asoslangan holda pozitiv seleksiyaga uchragan gen va genlar oilasini o’rganishdi. Natijalar shuni ko’rsatdiki, KEGG yo’nalishi bo’yicha porfirin metabolizmi va insulin sinteziga javobgar genlar evolutsiya jarayonida kengayib borgan. Porfirin va uning hosilalari (temir protoporfirini) o’z o’rnida gemoglobin, mioglobin, sitoxrom P-450, mitoxondrial sitoxrom va boshqa gemoproteinlar shakllanishida muhim o’rin tutib, organizmda kislorod transportida muhim rol o’ynaydi. Insulin gormoni sintezi ham o’z o’rnida organizmning energiya regulyatsiyasida ishtirok etadi. Yuqorida, aytib o’tilgan jarayonlarni boshqaruvchi genlar S. younghusbandi balig’i evolutsiyasida pozitiv seleksiyaga uchrab, baliqning keskin iqlim omillariga moslashib, turni omon qolishiga sabab bo’lgan. Manba: doi: 10.1111/1749-4877.12910