TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Evolutionary Genomics | Akbarjon Rozimov
Evolutionary Genomics | Akbarjon Rozimov avatar

TGINSIGHT POST

Post #858

@EvolutionaryGenomics

Evolutionary Genomics | Akbarjon Rozimov

Viżjonijiet212Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatOtt 2222/10/2024 02:36
Kontenut

Kontenut tal-post

Turlar evolutsiyasi jarayonida iqlim omillari bilvosita turning effektiv populyatsiya o’lchami (Ne) va zichligiga ta’sir qilib boradi. Quyida, Schizopygopsis younghusbandi balig’ining effektiv populyatsiya o’chamini (Ne) vaqt o’tishi bilan o’zgarib borishini ko’rish mumkin. E’tibor bersangiz, Pleystotsen epoxasining boshlanish davrida (~2.0-1.0 Mya) populyatsiya sezilarli darajada qisqarishni boshlagan (qizil, yashil va ko’k chiziqlar). Bunga sabab, ushbu davrda yer sayyorasida kuchli sovuq iqlim hukmronik surgan. Ikkinchi populyatsiya qisqarishi taxminan 150 ming yil avvaldan 15 ming yilgacha davom uzoq va dramatik davom etgan. Ikkinchi populyatsiya qisqarishi rasmdan ko’rish mumkinki, oxirgi interglatsial davrdan boshlangan, va oxirgi muzlik davrida ham davom etgan. Keyingi 10 ming yil davomida esa populyatsiya o’lchami minimum darajaga yetib deyarli o’zgarishsiz bo’lgan. Xulosa sifatida shuki, bu baliq turi evolutsiyada ikkita populyatsiya qisqarishi ro’y bergan. Manba: doi: 10.1111/1749-4877.12910