Kontenut tal-post
Deaminatsiya - keng uchrovchi kimyoviy DNK degradatsiyalaridan biridir. DNK ning terminal 3’ uchi tashqi muhit omillari, masalan: oksidativ stress, harorat o’zgarishi, yoki radiatsiya ta’sirida vaqt o’tishi bilan terminal qismdagi protektiv oqsillarning gidrolizidan keyin boshlanadigan jarayon. Bunda uzoq vaqt nostabil muhitda saqlangan to’qimalarda DNK ning terminal qismidagi protektiv oqsillar gidrolizlanadi, keyinchalik esa terminal qismidagi C (sitozin) nukleotidlari amino guruhlarni yo’qotib deaminatsiyaga uchraydi. Natijada C nukleotidi U (uratsil) ga aylanadi, va sekvens jarayonida bu T (timin) nukleotidi bo’lib o’qiladi. Deaminatsiya natijasida C ni T ga aylanishi bundan keyingi bioinformatik analizlarda bir qancha tushunmovchiliklarga masalan, nukleotid asoslari taqsimi (nucleotide skewness), allel takrorlanishi hisobi (allele frequency calculations), nuqtali mutatsiya (SNP) analizining noto’g’ri interpretatsiyaga sabab bo’lishi mumkin. https://t.me/EvolutionaryGenomics_AR