Kontenut tal-post
SNP (snip) - yagona nukleotid polimorfizmi yoki bir nukleotid poliformizmi, individual organizm genomida uchraydigan genetik variatsiya bo’lib, DNK ketma-ketligidagi bitta nukleotidning (A, T, C yoki G) boshqa nukleotidga almashinishi natijasida hosil bo’ladi. Masalan, quyidagi 3 ta odamning DNK si to’rtinchi nukleotidining polimorfizmi (A, G, T) SNP ga misol bo’ladi. SNP lar odatda populyatsiyalar orasidagi genetik xilma-xillikni o’rganishda qo’llaniladi. Shuningdek organizmlarning tur yoki individ darajasidagi fenotipik jihatdan farqlarini genom asosida qiyoslanishida, bundan tashqari lokal adaptiv moslanishlarni o’rganishda qo’llaniladi. Tibbiyotda, irsiy kasalliklarni o’rganishda ham SNP asosiy o’rinni tutadi. https://t.me/EvolutionaryGenomics