TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Evolutionary Genomics | Akbarjon Rozimov
Evolutionary Genomics | Akbarjon Rozimov avatar

TGINSIGHT POST

Post #881

@EvolutionaryGenomics

Evolutionary Genomics | Akbarjon Rozimov

Viżjonijiet287Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatApr 1717/04/2025 02:53
Kontenut

Kontenut tal-post

🧬 Gomozigotalikning uzluksiz ketma-ketligi (ROH) nima? Gomozigotalikning uzluksiz ketma-ketligi (runs of homozygosity - ROH) bu — organizm genomida ota va onadan bir xil allellar (ya'ni gen nusxalari) olingan va uzluksiz ravishda bir-biriga yaqin joylashgan DNK segmentlaridir. Ya'ni, agar biror organizmda genomning biror qismini ko‘rsak va u yerda har bir pozitsiyada ikkala allel ham bir xil bo‘lsa (masalan, AA, CC, GG, TT) va bu holat uzluksiz davom etsa, bu qism ROH deb ataladi. 🧪 ROH nima uchun muhim? Inbreeding (yaqin qarindoshlar o‘rtasida juftlashish) natijasida genomda ROH ko‘payadi. Chunki ota va ona o‘rtasidagi genetik o‘xshashlik katta bo‘lsa, bolada bir xil allellar bir joyga to‘planib qoladi. Populyatsiya genetikasida ROH orqali: * inbreeding darajasini aniqlash, * tarixiy bottleneck (populyatsiya kamayish) holatlarini o‘rganish, * seleksiya bosimi mavjud yoki yo‘qligini tushunish mumkin. Kasalliklarni aniqlashda: Ba'zi genetik kasalliklar aynan ROH hududlarida joylashgan bo‘ladi. 🧭 ROHning uzunligi nimani bildiradi? Qisqa ROHlar (masalan, 1–2 Mb): uzoq o‘tmishda bo‘lgan qarindoshlik aloqalaridan dalolat beradi. Uzun ROHlar (10 Mb va undan ko‘p): yaqinda bo‘lgan inbreeding (masalan, amakivachcha bilan turmush) natijasida paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 🔬 ROHni qanday aniqlashadi? ROH odatda SNP genotiplash ma’lumotlari yordamida aniqlanadi (masalan, PLINK dasturida). Genomdagi har bir SNP (polimorfizm nuqtasi) tahlil qilinadi va homozygot bo‘lgan hududlar uzluksiz bo‘lsa, ROH deb belgilanadi. https://t.me/EvolutionaryGenomics