TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Evolutionary Genomics | Akbarjon Rozimov
Evolutionary Genomics | Akbarjon Rozimov avatar

TGINSIGHT POST

Post #966

@EvolutionaryGenomics

Evolutionary Genomics | Akbarjon Rozimov

Viżjonijiet191Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatLul 2424/07/2025 02:42
Kontenut

Kontenut tal-post

SMBE 2025 doirasida bo’lib o’tayotyan konferensiyada Rossiyalik olimlar ham qatnashdi. Meni qiziqtirgan tomoni ular ham genomika bo’yicha katta ish boshlashgani. To’g’ri Xitoy bilan taqqoslay olmaymiz, Xitoy Fish10K (10,000 tur baliq genomi, 1/3 valid baliq turlari) qilgan bo’lsa, Rossiya 1000 Arctic Genomes loyihasini e’lon qilibdi. Loyiha davomida shu vaqtgacha Polar Bear subpopulyatsiyasi genomi T2T (telomere-to-telomere) darajasida sekvens qilingan. Bunday o’sib borayotgan loyihalarni ko’rib Shuni aytamanki, keyingi 5-10 yil ichida mavjud turlarning (umurtqali) ko’pisining genomi to’liq sekvens qilinadi. Bu esa bizga misli ko’rilmagan evolutsion, tibbiy, agroekonomik natijalarga yo’l ochadi. Biolog talabalarga kelajakdan umid borligini shu joyida takidlab o’taman, Biologiya yo’nalishida o’qib faqat o’qituvchi bo’lib qolmaysiz…) P.S.: O’zbekistonda ham hech yo’q “Vertebrate 100” genom loyihasini amalga oshirishni maqsad qildim!!! #SMBE2025 #Genomics https://t.me/EvolutionaryGenomics