Kontenut tal-post
Yo’rg’a tuvaloq (Chlmydotis macqueenii) O’zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan qush. Ushbu tur har ikkala IUCN Red List va O’zbekiston Qizil Kitobida “Zaif (Vulnerable - VU)” tur bo’lishiga qaramasdan yurtimizda bu qushga bo’lgan e’tibor juda-juda katta. Ekologiya vazirligi “Falcon Hunting Solutions” MChJ bilan birgalikda ushbu qushni tutqinlikda ko’paytirib yovvoyi tabiatga qo’yib yuborish ishlarini bir necha yillardan beri amalga oshirmoqda. Jumladan 2020 yilda Birlashgan Arab Amirliklariga tegishlig bo’lgan Internetnational fund for houbara conservation markazida ko’payitirilgan 2040 bosh yo’rg’a tuvaloq Qoraqalpog’istonning Qo’ng’irot tumanida yovvoyi tabiatga qo’yib yuborilgan. Ekolog.uz ning yozishicha navbatdagi gal 1100 bosh yo’rg’a tuvaloq Navoiy viloyatining Nurota, Navbahor va Konimex tumanlari cho’l hududlariga qo’yib yuborilgan.