TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Lura għall-lista tal-kanali
MILLIY BOOKS | Andijon avatar

TGINSIGHT CHAT

MILLIY BOOKS | Andijon

@MilliyBooks

Books

09:00 | 20:00 👨🏻 Umumiy +998952010909 🧕 Ayollar +998959690919 Milliy books MCHJ

Abbonati3,600Abbonati attwali
Postijiet immonitorjati1,012Għadd ta' postijiet indiċizzati
Raġġ reċenti2,840Somma tal-viżjonijiet reċenti
Postijiet reċenti

Postijiet reċenti

Tikketta: #info · 1 post

当前筛选 #info清除筛选

Ippubblikat Set 7

​​#info 1. Bola miyasining 90% uning 3 yoshiga qadar rivojlanib boʻladi. Shu davrda bolaga kitob oʻqish miya rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. 2. Uch yoshlik bolaning soʻz boyligiga qarab u 3 sinfda “oʻqish”dan necha baho olishini oldindan bilsa boʻladi. 3. Kuniga 15 daqiqa davomida bolaga kitob oʻqib berilsa, u 1 yil mobaynida 1 millionga yaqin yangi soʻzni eshitgan boʻladi. 4. Birinchi sinf kitoblarini oʻqiy olmagan bola, keyinchalik 4 sinf kitoblarini ham oʻqiy olmaydi. 5. Maktabgacha yoshdagi bolalarga koʻp kitob oʻqilgan boʻlsa, ular 1-sinfga qadar boshqalarga nisbatan tezroq alifbeni oʻrganadi, 20 gacha sanay oladi va oʻz ismlarini yoza oladi. 6. Bolaning maktab yoshigacha boʻlgan davrida ota-onasi bilan kitob oʻqishi, uni maktab davrida kitobga qiziquvchanligi oshishiga olib keladi. 7. Yoshligidan kitob oʻqishga odatlangan bolada til nuqsonlari, gapirishda qiyinchiliklar boʻlishi kam namoyon boʻladi. 8. Oʻqish boshqalarning hissiyotlarini tushunishga yordam beradi. 9. Oʻqish bolaning bilimlari asosidir. 10. Kitobdan olingan maʼlumot televizor, internet va radiodagi qabul qilingan maʼlumotdan koʻra koʻproq miyaga ijobiy taʼsir qiladi. Undan tashqari kitob oʻqish zehnni charxlab, bola diqqatini bir joyda uzoq vaqt ushlay olish qobiliyatini kuchaytiradi. 11. Statistikani koʻrsatishicha, maktabgacha yoshdagi bolalarga ota-ona kitob oʻqib bersa, kitobga boʻlgan qiziqish 100% boʻladi. Toʻrtinchi sinfga kelib kitobga boʻlgan qiziqish 54%gacha tushib ketadi. Buning sababi, bola bilan ota-ona birga oʻqimasligida ekan. 12. Kitob tili adabiy va chiroylidir. 13. Kitobni qiziqish va ishtiyoq bilan bolaga oʻqib berish, keyinchalik unda kitobga mehr uygʻonishiga olib keladi. 14. Televizordagi berilayotgan “lugʻat”dan koʻra kitobda berilayotgan matndagi “lugʻat” ikki barobar koʻpdir. 15. Uyda 6-8 yoshli bolalarga ota-onasi kitob oʻqib berish davrini bolalarning biri kitobni sevganlari uchun xush koʻrsalar, biri ota-onasi bilan ajoyib vaqt oʻtkazayotganlari uchun yaxshi koʻrar ekanlar. Manzil: Andijon, Eski shahar Moʻljal: Bosh jome(Devonaboy) masjidi yonida 🚕Yetkazib berish xizmati mavjud Murojaat uchun: +998952010909 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook

2,840 views

Hashtags