TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Lura għall-lista tal-kanali
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali avatar

TGINSIGHT CHAT

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali

@het_aj_jizzakh

News and media

Murojaatlar uchun: https://t.me/+rGlnjfCLlORmZDcy Jizzax viloyati hududida elektr energetika sohasida olib borilayotgan ishlar to'g'risida ushbu kanal orqali ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin. Call centre:1154

Abbonati1,710Abbonati attwali
Postijiet immonitorjati1,005Għadd ta' postijiet indiċizzati
Raġġ reċenti6,974Somma tal-viżjonijiet reċenti
Postijiet reċenti

Postijiet reċenti

Paġna 1 minn 84 · 1,005 postijiet

Ippubblikat 10 ġranet ilu

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Muzlatkichni gaz plitasi yoki isitish radiatori yoniga o‘rnatmang Bu muzlatkichning elektr energiyasi iste’molini 20-30% oshiradi. Kam quvvat iste’molli va yuqori energiya samaradorligi bo‘lgan “A”, “A +”, “A ++” yoki “A +++” maishiy texnika va elektron jihozlarni xarid qiling. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

311 views

Ippubblikat 10 ġranet ilu

#jarayon ⚡️Zafarobod tumanida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berishni ta’minlash maqsadida, 10 kVli "Bog‘dorchilik" fideridagi TP-167/250 kVA transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati 🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! ✔️Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube| 🌐instagram

407 views

Hashtags

Ippubblikat 10 ġranet ilu

#RASMIY_MUNOSABAT Baxmal tumani “Gulbuloq” MFYdagi elektr ta’minoti yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Baxmal tumani “Gulbuloq” MFY hududida elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar hamda tuman ET Call-markazi bilan bog‘lanib bo‘lmaganligi to‘g‘risida tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz: Murojaatda qayd etilgan kuni tumanda kuzatilgan kuchli shamol va noqulay ob-havo oqibatida hududdagi elektr tarmoqlarida avariya holatidagi uzilishlar yuzaga kelgan. Aynan shu sababli, hududni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlovchi havo tarmoqlariga shikast yetgan. Kuchli shamol oqibatida tuman elektr ta’minoti o‘zi ham elektr tarmog‘idan uzilgan. Bu esa korxonadagi aloqa tizimlarining va Call-markazning vaqtincha ishdan chiqishiga sabab bo‘lgan. Shuning uchun iste’molchilar qo‘ng‘iroqlariga javob olishda qiyinchiliklar yuzaga kelgan. Tuman elektr ta’minoti maxsus brigadalari tomonidan olib borilgan tezkor ta’mirlash ishlari natijasida hudud qaytadan tarmoqqa ulandi va elektr ta’minoti hamda aloqa tizimi hozirda to‘liq tiklandi. Habarga ilova qilinganfoto va ma’lumotlar haqida, murojaatga ilova qilingan va ijtimoiy tarmoqlarda aylanayotgan "eskirgan yog‘och ustun" tasvirlangan surat Gulbuloq MFY hududiga umuman aloqador emas. Bu ma'lumot va foto haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. ⚠️Ijtimoiy tarmoq faollari va blogerlardan aholi o‘rtasida tushunmovchilik keltirib chiqarmaslik uchun bunday asossiz va yolg‘on (feyk) axborotlarni tarqatmasliklarini, ma’lumotlarni tarqatishdan avval ularning haqiqiyligini tekshirishlarini so‘rab qolamiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati 🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! ✔️Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube| 🌐instagram

332 views

Ippubblikat 10 ġranet ilu

Bu yil “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayram tadbiri Jizzax viloyatida o‘zgacha shukuh va ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi Viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev ishtirok etgan tantanali tadbirda viloyatdagi qariyb 20 mingga yaqin maktab bitiruvchilari orasidan eng yuqori ball to‘plab, muddatidan oldin talaba bo‘lgan 304 nafar o‘quvchi hamda uyda ta’lim olib, maktabni tamomlayotgan 60 nafar bitiruvchi va ularning ota-onalari qatnashdi. Tadbir davomida viloyat hokimi Prezidentimizning bitiruvchi yoshlarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi hamda bitiruvchilarga esdalik sovg‘alarini tantanali tarzda topshirdi. Shuningdek, viloyat hokimi farzandlar tarbiyasi va ta’limiga qo‘shayotgan hissasi uchun bitiruvchilarning ota-onalariga minnatdorlikchilik bildirib, ularni tashakkurnomalar bilan taqdirladi. Bayram tadbiri konsert dasturi bilan davom etib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. 🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! ✔️Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube| 🌐instagram

286 views

Ippubblikat 10 ġranet ilu

#DIQQAT ⚠️E’LON! ELEKTR ENERGIYASIDA REJALI UZILISHLAR Hurmatli Zafarobod tumani iste’molchilari! Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berishni ta’minlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishini ma’lum qilamiz. Xususan, 35/10 kVli "29" podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli "Navbaxor" fideridagi TP-167/250 kVAtransformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan, Zafarobod tumanining quyidagi hududida elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar yuzaga keladi: 🗓Sana:Bugun, 25-ma ⏰Vaqt: soat 12:00 dan 17:00 gacha 📍Birlik QFY Eslatma: Ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan oldinroq yakunlanishi ham mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati 🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! ✔️Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube| 🌐instagram

435 views

Hashtags

Ippubblikat 10 ġranet ilu

#DIQQAT ⚠️E’LON! ELEKTR ENERGIYASIDA REJALI UZILISHLAR Hurmatli Zafarobod tumani iste’molchilari! Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berishni ta’minlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishini ma’lum qilamiz. Xususan, 35/10 kVli "6" podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli "Bog‘dorchilik" fideri (havo tarmog‘i)da daraxt shoxlaridan tozalash va salqi simlarni tortish ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan, Zafarobod tumanining quyidagi hududida elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar yuzaga keladi: 🗓Sana:Bugun, 25-may ⏰Vaqt: soat 12:00 dan 17:00 gacha Cho‘liguliston MFY Eslatma: Ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan oldinroq yakunlanishi ham mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati 🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! ✔️Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube| 🌐instagram

446 views

Hashtags

Ippubblikat 10 ġranet ilu

Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Prezident Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida Butunjahon urbanizatsiya forumida ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari "Sifatli davlat boshqaruvi" dasturi g‘oliblarini taqdirlash marosimiga tashrif buyurdi va Milliy kitobxonlik harakatiga start berdi. O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga tantanali ravishda kuzatildi. — Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Prezident Shavkat Mirziyoyev Baku qalasında Pútkil jer júzilik urbanizaciya forumında qatnastı. Mámleketimiz basshısı "Sapalı mámleketlik basqarıw" baǵdarlaması jeńimpazların sıylıqlaw máresimine bardı hám Milliy kitapqumarlıq háreketine start berdi. Ózbekstan saylandı komandası jáhán chempionatına saltanatlı túrde shıǵarıp salındı. — Обзор важнейших событий за неделю: Президент Шавкат Мирзиёев принял участие во Всемирном форуме по урбанизации в Баку. Глава государства посетил награждение победителей программы «Качественное государственное управление» и дал старт Национальному движению по чтению. Сборную команду Узбекистана торжественно проводили на чемпионат мира. — Weekly review of the most important events: President Shavkat Mirziyoyev took part in the World Urban Forum in Baku. The Head of State attended the award ceremony for the winners of the “Uzbekistan Government Quality” program and launched the National Reading Movement. Uzbekistan’s national football team was ceremonially sent off to the FIFA World Cup. Facebook|Instagram|X

300 views

Ippubblikat 10 ġranet ilu

Mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi oʻgʻil-qizlarimizga tabrik — Поздравление выпускникам школ нашей страны Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

379 views

Ippubblikat 11-il ġurnata ilu

Ertaga — “Avtomobilsiz kun” Ertaga, 25-may kuni “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoniga muvofiq, respublikaning barcha hududlarida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan, davlat xizmatchilariga xizmat avtomobillaridan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Eslatib o‘tamiz, Prezident farmoniga ko‘ra, endilikda har oyning 10 va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazib boriladi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati 🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! ✔️Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube| 🌐instagram

566 views

Ippubblikat 11-il ġurnata ilu

#foto_fakt ⚡️Zomin tumanida sel oqibatlari bartaraf etildi Kuchli sel kelishi natijasida "Turkman" 10 kVli elektr tarmog‘ida qulagan temir-beton ustunlar qaytadan mustahkam o‘rnatildi. Tarmoqqa kuchlanish berilib, aholining elektr ta’minoti to‘liq tiklandi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati 🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! ✔️Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube| 🌐instagram

887 views

Hashtags

Ippubblikat 12-il ġurnata ilu

📌 📌 📌 📌 📌 📌 "Seni uyda oilang kutmoqda..." Tunu kun, issiq-sovuq demay, xonadonlarimiz charog‘on bo‘lishi uchun jon fido qilayotgan insonlar bor. Ular — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ xodimlari! Har safar baland simyog‘ochga ko‘tarilayotganda, har bir yuqori kuchlanishli sim bilan tillashayotganda ularning qulog‘i ostida faqat birgina da’vat jaranglaydi: "Ehtiyot bo‘l, seni uyda farzandlaring va oilang kutmoqda!" “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati 🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! ✔️Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube| 🌐instagram

2,080 views

Ippubblikat 12-il ġurnata ilu

#Rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Sharof Rashidov tumani, "Jizzaxlik" mahallasi aholisi tomonidan yoʻllangan murojaat yuzasidan Shu yilning 19-20-may kunlari Jizzax viloyati hududida uzluksiz kuzatilgan kuchli shamol va noqulay ob-havo sharoiti natijasida elektr uzatish tarmoqlarida jiddiy talofatlar hamda avariyaviy oʻchishlar yuzaga kelgan. Xususan, Sharof Rashidov tumani, "Jizzaxlik" mahallasi, Ipak yoʻli koʻchasidagi xonadonlar ham elektr taʼminotidan vaqtincha uzilgan. "HET" AJ Jizzax hududiy filiali vaziyat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladiki: Viloyat boʻyicha talofat koʻrgan hududlar va nosozliklar juda koʻp boʻlganligiga qaramay, tuman elektr taʼminotining maxsus avariyaviy-tiklash brigadalari tomonidan ushbu koʻchadagi nosozliklar birinchi kunning oʻzidayoq bartaraf etilib, tarmoqqa kuchlanish berilgan edi. Biroq, noqulay ob-havo va kuchli shamol davom etganligi sababli, navbatdagi kun davomida mazkur tarmoqda qayta avariyaviy oʻchishlar vujudga keldi va ishni qaytadan bajarishga toʻgʻri keldi. Bu esa tiklash ishlarida maʼlum muddat kechikishlarga sabab boʻldi. Brigadalarning tezkor saʼy-harakatlari bilan tarmoqdagi barcha takroriy nosozliklar ham qisqa fursatda toʻliq bartaraf etildi. Hozirgi vaqtda ushbu hududdagi xonadonlar elektr energiyasi bilan qayta toʻliq va barqaror ravishda taʼminlab turilibdi. Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati 🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! ✔️Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube| 🌐instagram

545 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
PreċedentiPaġna 1 minn 84Li jmiss