TGINSIGHT CHAT
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali
@het_aj_jizzakh
News and mediaMurojaatlar uchun: https://t.me/+rGlnjfCLlORmZDcy Jizzax viloyati hududida elektr energetika sohasida olib borilayotgan ishlar to'g'risida ushbu kanal orqali ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin. Call centre:1154
Postijiet reċenti
Paġna 2 minn 84 · 1,005 postijiet
Ippubblikat Mej 23
#Rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar yuzasidan tushuntirish Ijtimoiy tarmoqlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali xodimi Karabayev Ahmad Mahammadjanovichning tayinlovi atrofida bildirilayotgan turli fikr-mulohazalar yuzasidan rasmiy tushuntirish beramiz. Keng jamoatchilik hamda ijtimoiy tarmoq faollaridan ushbu tayinlov mohiyatini toʻgʻri talqin qilishlarini soʻraymiz. Energetika tizimining ichki tuzilmasi va rasmiy hujjatlarga koʻra, vaziyat quyidagicha: 🔹Videoselektor yigʻilishi haqida: Oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Karabayevni lavozimidan ozod etish boʻyicha hech qanday rasmiy bayonnoma (protokol) yoki buyruq boʻlmagan hamda Karabayev Ahmad Mahammadjanovich ishdan boʻshatilmadi. 🔹Tayinlov sababi va zaruriyati: Bugungi kunda viloyatda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish, modernizatsiya va rekonstruksiya ishlarini tizimli tashkil etish eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu murakkab yoʻnalishni texnik jihatdan toʻgʻri boshqarish uchun sohada koʻp yillik boy tajribaga ega boʻlgan malakali kadrlar salohiyatiga zaruriyat tugʻilgan. Shu sababli, Karabayev Ahmad Mahamadjanovich koʻp yillik muhandislik salohiyati va tajribasi inobatga olingan holda, Karabayev Ahmad Mahammadjanovich filial bosh muhandisining past kuchlanishli tarmoqlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga filial direktorining ko'rsatmasiga asosan oʻtkazildi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan tashkilotlarning ichki tuzilishi va rasmiy hujjatlar mazmuniga tayanib fikr bildirishlarini hamda asossiz tushunchalar tarqalishiga yoʻl qoʻymasliklarini soʻrab qolamiz. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati 🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! ✔️Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube| 🌐instagram
Hashtags
Ippubblikat Mej 23
📌 📌 📌 📌 📌 📌 KUCHLI SHAMOL VA YOMG‘IR VAQTLARIDA EHTIYOT CHORALARIGA QAT’IY AMAL QILING Noqulay ob-havo sharoitlari — kuchli shamol va yomg‘ir kuzatilayotgan vaqtlarda, fuqarolardan shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilishlarini so‘raymiz: ➖Yerga uzilib tushgan elektr simlariga aslo yaqinlashmang va ularga tegmang; ➖Elektr tayanchlari (ustunlari), transformator punktlari hamda elektr uzatish tarmoqlari ostida turmang; ➖Avtomobillarni elektr uzatish tarmoqlari va daraxtlar yaqinida qoldirmang; ➖Kuchli shamol va yomg‘ir vaqtida ochiq maydonlarda uzoq vaqt bo‘lishdan saqlaning; ➖Bolalarni elektr inshootlari va ochiq elektr jihozlari yaqinida yolg‘iz qoldirmang. Agar elektr tarmoqlarida uzilishlar, simlarning uzilishi yoki boshqa favqulodda holatlar aniqlansa, bu haqda zudlik bilan hududiy elektr tarmoqlarining 1154 qisqa raqamiga yoki dispetcherlik xizmatlariga xabar berishingizni so‘raymiz. Eslatma: O‘z vaqtida berilgan murojaat nosozliklarni tezkor bartaraf etish hamda aholi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Youtube|📱instagram
Ippubblikat Mej 23
📌 📌 📌 📌 📌 📌 HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI! “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “HET BILLING” mobil ilovasiorqali iste’molchilar bevosita iste’mol qilingan elektr energiyasi hisobi, xususan, to‘lov ma’lumotlari, kunlik elektr energiya iste’moli va boshqa ma’lumotlarni onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyati mavjud. Iste’molchilar mazkur ilovani Android hamda IOS operatsion tizimi qurilmalari orqali bepul yuklab olishlari mumkin. Mobil ilova dasturi avtomatlashtirilgan holda yangilab boriladi. Eslatib o‘tamiz bayram kunlari elektr energiyasiga to‘lov amalga oshirish imkoni bo‘lmasa tarmoqdan uzilib qolmaslik uchun oldindan to‘lovlarni amalga oshirishingiz so‘raladi! “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati 🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! ✔️Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube| 🌐instagram
Ippubblikat Mej 22
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Boshqaruv raisi kubogi” musobaqasining respublika bosqichi hamda uning doirasida tashkil etilgan tadbirlar bo‘yicha yakuniy videotaqdimot tayyorlandi. Ushbu videolavhada musobaqaning eng yorqin va unutilmas jarayonlari, ishtirokchilarning yuqori kayfiyati, jamoaviy birdamlik va sport ruhi aks etgan. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Ippubblikat Mej 22
📌 📌 📌 📌 📌 📌 🙅♂️Noqonuniy qurilish-montaj ishlariga chek qo‘yilmoqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ filiali tomonidan davlat va shartnomaviy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishida qat’iy nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Xususan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filialida o‘rganishlar davomida belgilangan tartibda shartnoma rasmiylashtirmasdan, noqonuniy ravishda qurilish-montaj ishlari bajarilgan ob’ektlar joyida tahlil qilindi. Eslatib o‘tamiz:Har qanday qurilish-montaj ishlari faqat rasmiy shartnoma va belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshirilishi shart. Tizimda qonun ustuvorligini ta’minlash va korrupsion holatlarning oldini olish borasidagi nazorat tadbirlari davom ettiriladi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati 🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! ✔️Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube| 🌐instagram
Ippubblikat Mej 22
#nocomment ⚡️QARZDOR ISTE'MOLCHILARGA NISBATAN IJRO HARAKATLARI KUCHAYTIRILDI Jizzax viloyati bo‘ylab elektr energiyasidan muddati o‘tgan qarzdorliklarni qisqartirish bo‘yicha keskin reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali huquqshunoslari hamda Majburiy ijro byurosi (MIB) xodimlari hamkorligida sud qaroriga asosan to‘lov majburiyatini bajarmay kelayotgan yuridik shaxslarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilmoqda. Xususan, so‘nggi reydlar natijasi: 📍Sharof Rashidov tumani: “Ravot” MFY hududidagi “X.A” fermer xo‘jaligi 23 000 000 so‘m qarzi borligi sababli tarmoqdan uzilib, transformator punkti (TP) yechib olindi. 📍Zomin tumani: “F.S” fermer xo‘jaligining 22 000 000 so‘m miqdoridagi qarzdorligi yuzasidan transformatori MIB tomonidan xatlandi. ⚠️ To‘lov intizomiga amal qilmaslik faoliyatingiz to‘xtab qolishiga sabab bo‘ladi. Energiyadan foydalandingizmi — haqini vaqtida to‘lang! “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati 🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! ✔️Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube| 🌐instagram
Hashtags
Ippubblikat Mej 22
📌 📌 📌 📌 📌 📌 ⚡️ELEKTR ENERGIYASI UCHUN TO‘LOV TARTIBI Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibi quyidagicha: ⚡️EHNAT tizimiga ulangan iste’molchilar ❗️Qarzdorlik mavjud bo‘lsa — avtomatik ravishda tarmoqdan uziladi. 🏢Yuridik shaxslar 💳Elektr energiyasi 100% oldindan to‘lov asosida yetkazib beriladi. 🔎Belgilangan muddatlarda to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda elektr ta’minoti to‘xtatiladi (maxsus tartibdagilar bundan mustasno). ⚡️To‘lov madaniyati — barqaror energiya tizimining poydevori! 🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! ✔️Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube| 🌐instagram
Ippubblikat Mej 22
“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi - O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida davlat boshqaruvida ilg‘or tajriba almashish bo‘yicha sheriklikning yorqin amaliy natijasi. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ippubblikat Mej 22
📌 📌 📌 📌 📌 📌 ⚡️Zafarobod tumanida profilaktika ishlari ketmoqda Zafarobod tumanida elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish va avariyalarning oldini olish maqsadida, yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari atrofidagi daraxt shoxlarini tozalash ishlari olib borilmoqda. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati 🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! ✔️Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube| 🌐instagram
Ippubblikat Mej 22
✅Elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolardan charchadingizmi? Endi hammasi oson va shaffof! "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali sizga zamonaviy xizmatlarni taklif etadi: ⚡️"HET Billing" ilovasi: Qaysi soatda qancha elektr energiyasi ishlatganingizni onlayn kuzating, to‘lovlarni amalga oshiring va tejashni o‘rganing. Foydalanish xususida videoqo‘llanma. Ilova Android hamda IOS da. ✅"Bir darcha" xizmati: Fermer xo‘jaligi yoki tadbirkorlik ochmoqchimisiz? Ortiqcha hujjatbozliksiz, bitta ariza bilan elektr tarmog‘iga ulaning. 🚜Maxsus texnika va mutaxassislar: Sim tortish, transformator o‘rnatish va texnik sozlash ishlarini malakali mutaxassislarimiz zamonaviy texnikalar yordamida bajaradi. 🛠Servis xizmati: Yillik shartnoma tuzing va yil davomida texnik ko‘rik hamda xavfsizlik nazoratini mutaxassislarimizga topshiring. Jizzax HET — tadbirkor va aholi uchun ishonchli yelkadosh! “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali Matbuot xizmati 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Youtube|📱instagram
Ippubblikat Mej 22
#TAYINLOV “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filialida yangi tayinlov amalga oshirildi Qalandarov Dilshod Buriboyevich filial bosh muhandisining o‘ta muhim obyektlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. D. Qalandarov energetika sohasida katta tajribaga ega mutaxassis bo‘lib, u bunga qadar mazkur filialda bosh muhandisning past kuchlanishli tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Ushbu kadrlar o‘zgarishidan ko‘zlangan asosiy maqsad — viloyatdagi strategik ahamiyatga ega o‘ta muhim obyektlarning elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash, tizimni modernizatsiya qilish ishlarini yangi bosqichga olib chiqish hamda malakali kadrlarning boshqaruv salohiyatidan samarali foydalanishdan iboratdir. Filial jamoasi Dilshod Buriboyevichni yangi mas’uliyatli vazifa bilan qutlab, kelgusi kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati 🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! ✔️Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube| 🌐instagram
Hashtags
Ippubblikat Mej 22
📌 📌 📌 📌 📌 📌 KUCHLI SHAMOL VA YOMG‘IR VAQTLARIDA EHTIYOT CHORALARIGA QAT’IY AMAL QILING Noqulay ob-havo sharoitlari — kuchli shamol va yomg‘ir kuzatilayotgan vaqtlarda, fuqarolardan shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilishlarini so‘raymiz: ➖Yerga uzilib tushgan elektr simlariga aslo yaqinlashmang va ularga tegmang; ➖Elektr tayanchlari (ustunlari), transformator punktlari hamda elektr uzatish tarmoqlari ostida turmang; ➖Avtomobillarni elektr uzatish tarmoqlari va daraxtlar yaqinida qoldirmang; ➖Kuchli shamol va yomg‘ir vaqtida ochiq maydonlarda uzoq vaqt bo‘lishdan saqlaning; ➖Bolalarni elektr inshootlari va ochiq elektr jihozlari yaqinida yolg‘iz qoldirmang. Agar elektr tarmoqlarida uzilishlar, simlarning uzilishi yoki boshqa favqulodda holatlar aniqlansa, bu haqda zudlik bilan hududiy elektr tarmoqlarining 1154 qisqa raqamiga yoki dispetcherlik xizmatlariga xabar berishingizni so‘raymiz. Eslatma: O‘z vaqtida berilgan murojaat nosozliklarni tezkor bartaraf etish hamda aholi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Youtube|📱instagram