TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Lura għall-lista tal-kanali
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filiali avatar

TGINSIGHT CHAT

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filiali

@hetandijon

News and media

"Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filialining telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi Veb-sayt: www.het.uz Facebook: www.fb.com/hetandijon Instagram: www.instagram.com/hetandijon Youtube: www.youtube.com/@hetandijon bot: @hetadminandijonbot

Abbonati3,440Abbonati attwali
Postijiet immonitorjati1,001Għadd ta' postijiet indiċizzati
Raġġ reċenti12,237Somma tal-viżjonijiet reċenti
Postijiet reċenti

Postijiet reċenti

Paġna 1 minn 84 · 1,001 postijiet

Ippubblikat 25 ġurnata ilu

#rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘rg‘ontepa tumani Chapaev hududidagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Joriy yilning bugungi kunida Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Birlashgan” 110/35/10 kV podstansiyasining T-2 16000 kVA quvvatli uskunasida yuzaga kelgan nosozlik sababli “Aloqa” fideri orqali elektr energiyasi oluvchi Navro‘z MFY hududida soat 16:10 da elektr ta’minotida uzilish kuzatilgan. Shundan so‘ng mutaxassislar tomonidan tezkor ravishda ta’mirlash ishlari olib borilib, soat 20:10 ga qadar nosozlik bartaraf etildi hamda elektr energiyasi ta’minoti qayta tiklandi. Hudud iste’molchilariga yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

449 views

Ippubblikat 25 ġurnata ilu

RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon tumani Yangiobod MFY hududidagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Joriy yilning 10-may kuni noqulay ob-havo sharoiti sababli Andijon tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi PS Sho‘rodan chiquvchi “Yangiobod” hamda “Begobod” 10 kV havo elektr uzatish tarmoqlarida soat 15:20 da nosozlik yuzaga kelib, elektr energiyasi ta’minotida uzilish kuzatilgan. Mazkur holatdan so‘ng Andijon tuman elektr ta’minoti korxonasining Kuyganyor bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor ravishda ta’mirlash ishlari olib borilgan hamda soat 18:38 da elektr energiyasi ta’minoti to‘liq qayta tiklangan. Hududlarda elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash maqsadida mavjud tarmoqlarda muntazam ravishda texnik ko‘rik va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

445 views

Ippubblikat 25 ġurnata ilu

RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda Buloqboshi tumani Sharq yulduzi MFY hududida elektr ta’minoti bilan bog‘liq tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Joriy yilning bugungi kunida kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti, xususan kuchli shamol va yog‘ingarchilik sababli Buloqboshi tumani hududidagi PS GES-1 dan chiquvchi “Sharq yulduzi” 10 kV elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan hamda soat 15:25 da elektr energiyasi ta’minotida uzilish kuzatilgan. Shundan so‘ng “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali Buloqboshi tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tezkor ravishda avariya-ta’mirlash brigadalari jalb qilinib, nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borildi. Natijada Baynalminal, Qashqar hamda Sarvontepa MFY hududlarining bir qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi. Ayni vaqtda Sharq yulduzi MFY hududida yuzaga kelgan nosozlik sabablarini aniqlash hamda elektr ta’minotini to‘liq tiklash bo‘yicha o‘rganish va ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda. Mazkur holat yuzasidan murojaat yo‘llagan fuqarolarning fikr va takliflari mutasaddilar tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, hudud aholisini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida zarur choralar ko‘rilmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

497 views

Ippubblikat 26 ġurnata ilu

ANDIJONDA 9-MAY — XOTIRA VA QADRLASH KUNI KENG NISHONLANDI 🇺🇿 Xotira — muqaddas, qadr — abadiy… 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Andijonda o‘tkazilgan ma’naviy tadbirlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali jamoasi ham faol ishtirok etdi. “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, yurt ozodligi va tinchligi yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi hurmat bilan yod etildi. Xotira bor ekan — millat barhayot, qadr bor ekan — inson aziz. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

1,080 views

Ippubblikat 26 ġurnata ilu

#chellenj #Xotiravaqadrlashkuni 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filialida sharaf va ehtirom ramzi bo‘lgan lentalar taqish chellenji o‘tkazildi. Ajdodlar xotirasi — qalbimizda, ularning jasorati esa har birimiz uchun faxr va ibratdir.🇺🇿 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

1,120 views

Ippubblikat 27 ġurnata ilu

RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar Temur Malik MFY hududida joylashgan 420-sonli transformator punkti yuzasidan tarqalgan murojaat bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi. Murojaatda keltirilgan holat Andijon shahar elektr ta’minoti korxonasining Bobur bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan zudlik bilan o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida mazkur transformator punkti navbatdan tashqari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, xavfsizlik talablarini ta’minlash maqsadida mexanik qulf o‘rnatildi hamda obyekt to‘liq xavfsiz holatga keltirildi. Ayni vaqtda hududdagi elektr qurilmalarining texnik holati doimiy nazoratga olingan bo‘lib, aholi xavfsizligini ta’minlash borasida tegishli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

1,140 views

Ippubblikat 27 ġurnata ilu

ANDIJON SHAHRIDA ELEKTR TARMOQLARINI MODERNIZATSIYA QILISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA Avval xabar berganimizdek, Andijon shahar Barkamol MFY hududidagi Lermontov, Mashrab hamda Amir Temur ko‘chalarida joylashgan 39 ta ko‘p qavatli uylarni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 0,4 kV kuchlanishli eskirgan havo elektr tarmoqlarini yangilash ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Mazkur hududda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari doirasida ayni vaqtda ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklariga zamonaviy yoritish lampalari o‘rnatish, elektr javonlarini ta’mirlash hamda foydalanish muddati o‘tgan eskirgan elektr simlarini yangilash ishlari olib borilmoqda. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

990 views

Ippubblikat 27 ġurnata ilu

OLTINKO‘LDA ELEKTR TARMOQLARINI KO‘CHIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA Oltinko‘l tumani Dalvarzin MFY hududida aholi qatnov yo‘lini kengaytirish maqsadida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini ko‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, harakat xavfsizligini ta’minlash hamda elektr ta’minoti tizimining barqaror ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi. Mutaxassislar tomonidan barcha texnik va xavfsizlik talablariga rioya etilgan holda ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

1,050 views

Ippubblikat 27 ġurnata ilu

#TEZKOR ⚡️ AYRIM HUDUDLARDA ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI 2026-yil 8-may kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar elektr uzatish tarmoqlari hamda podstansiyalarda rejali joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. 🔹 ASAKA TUMANIDA “PS Ozod T-1” podstansiyasining 1-SSh-10 kV tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli: 📍 Markaziy yuz hududi 🔹 ASAKA TUMANIDA “PS Xoldovonbek” podstansiyasining 1-SSh-35 kV tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli: 📍 Bozorboshi, Fidokor, Turon, Gumbaz MFYlari 🔹 ANDIJON SHAHRIDA “PS-4” podstansiyasidagi T-1 hamda T-2 transformatorlarida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli: 📍 Ozodlik, Namuna, Birlik, Hamdo‘stlik, Hunarmand, Bobir MFYlari 🔔 Eslatma: Ta’mirlash ishlari yakunlangach elektr energiyasi ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi. Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

2,260 views

Hashtags

Ippubblikat 28 ġurnata ilu

YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT — KELAJAKKA MUSTAHKAM QADAM Bugun Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali rahbari S. Yusupov hamda Andijon davlat texnika instituti bitiruvchi talabalari ishtirokida samimiy va ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv davomida yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sohada o‘z o‘rnini topishi, zamonaviy energetika tizimidagi islohotlar hamda kelgusidagi istiqbolli rejalar haqida atroflicha fikr almashildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar, sohadagi amaliy tajribalar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, tizimda faoliyat yuritish istagini bildirgan bitiruvchi talabalarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha imkon qadar ish bilan ta’minlash masalalari ham belgilab olindi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

1,260 views

Ippubblikat 28 ġurnata ilu

YOSHLAR MUROJAATI E’TIBORSIZ QOLMADI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali rahbari hamda Oltinko’l tuman hokimligi tomonidan o‘tkazilgan rahbar va yoshlar uchrashuvida Qoraqalpoq MFYda yashovchi Sobirjonov Sarvarbekning murojaati ijobiy hal etildi. Murojaat asosida xonadonga yangi elektr hisoblagich o‘rnatilib, iste’molchi uchun qulay va barqaror elektr ta’minoti yaratildi. Fuqarolar murojaatiga tezkor va amaliy yechim topish — tizimdagi ustuvor vazifalardan biridir. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

1,020 views

Ippubblikat 28 ġurnata ilu

KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERING! Hurmatli fuqarolar! Agar siz, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda uning filial va korxonalari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga xabar berishingizni so‘raymiz: Ishonch telefoni: +998781507561, Telegram-bot: @HETanticor_bot , Call-markaz: 1154 Eslatib o‘tamiz:Qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilangan. Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

926 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
PreċedentiPaġna 1 minn 84Li jmiss