TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Lura għall-lista tal-kanali
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filiali avatar

TGINSIGHT CHAT

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filiali

@hetandijon

News and media

"Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filialining telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi Veb-sayt: www.het.uz Facebook: www.fb.com/hetandijon Instagram: www.instagram.com/hetandijon Youtube: www.youtube.com/@hetandijon bot: @hetadminandijonbot

Abbonati3,440Abbonati attwali
Postijiet immonitorjati1,001Għadd ta' postijiet indiċizzati
Raġġ reċenti15,338Somma tal-viżjonijiet reċenti
Postijiet reċenti

Postijiet reċenti

Paġna 2 minn 84 · 1,001 postijiet

Ippubblikat Mej 7

“OG‘IR MAHALLA”DA AMALIY ISHLAR: ELEKTR TA’MINOTI YANGILANMOQDA Shahrixon tumani Mustaqillik MFY 2-tor ko‘chasi hududi “Og‘ir mahalla” dasturi asosida bosqichma-bosqich obod etilmoqda. Ayni vaqtda hudud aholisini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Xususan, 65 dona zamonaviy temir-beton tayanchlar o‘rnatilib, 3 kilometr 200 metr uzunlikdagi SIP kabel tarmog‘i tortilmoqda. Mazkur ishlar natijasida elektr ta’minotidagi uzilishlar kamayib, iste’molchilarga yanada barqaror va xavfsiz elektr energiyasi yetkazib berilishi ta’minlanadi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

1,070 views

Ippubblikat Mej 7

QUYOSH PANELLARI О‘RNATGAN ULGURJI ISTE’MOLCHILAR DIQQATIGA! Qonunchilikka kо‘ra, agar siz quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasini tarmoqqa uzatayotgan bо‘lsangiz, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filialining hududlardagi bо‘linmalariga ishlab chiqargan elektr energiyasini tarmoqqa uzatgandan sо‘ng keyingi oyning 10-sanasiga qadar о‘tgan davr (hisobot oyi) uchun hisob-faktura taqadim etishingiz shart. Agar hisob-fakturalar о‘z vaqtida taqdim etilmasa, hisob-faktura taqdim etilmagan oy uchun tarmoqqa uzatilgan elektr energiyasi tо‘lovi amalga oshirilmaydi. Tarmoqqa uzatgan elektr energiyasi uchun hisob fakturalarni о‘z vaqtida taqdim etib borishni unutmang. Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

939 views

Ippubblikat Mej 7

#TEZKOR ⚡️ AYRIM HUDUDLARDA ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI 2026-yil 7-may kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar elektr uzatish tarmoqlari hamda podstansiyalarda rejali joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. 🔹 XONOBOD SHAHRIDA “PS Sharq” 110/10 kV podstansiyasida 1-SSh-10 kV tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli: 📍 Xidirsha MFY 🔹 ASAKA TUMANIDA L-Xoldovonbek 35 kV havo tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli: 📍 Bozorboshi, Fidokor, Turon, Gumbaz MFYlari 🔹 XONOBOD SHAHRIDA “PS Qo‘shtepa Saroy” 35/10 kV podstansiyasida 1-SSh-10 kV tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli: 📍 Fayziobod, Qo‘rg‘oncha, Buloqboshi, Sirmoq, Qahramon, Eski Haqqulobod, Bobur, Puchug‘oy, To‘ldi, Turkobod, Mallachek, Niyozmachek, Yangi qishloq, Dog‘iston, Alam MFYlari 🔹XO‘JAOBOD TUMANIDA “PS JFK-0” 35/10 kV podstansiyasida 1-SSh-10 kV tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli: 📍 Ipakchilik, Bobur MFYlari 🔹 OLTINKO‘L TUMANIDA L-Toshkent 35 kV havo tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli: 📍 Dalvarzin, Qo‘shtepa, Ko‘makay, Uyshin, Guliston, Gulbog‘, Ors, Chaqqon-1, Chaqqon-2, Qashqar, Yangi chek, Ayshaxonim, Sadda, Cho‘ntak, Ayronchi, Mirobod, Suv yulduz MFYlari 🔹 JALAQUDUQ TUMANIDA “PS So‘fiqishloq” 110/35/10 kV podstansiyasida 2-SSh-35 kV hamda LR-35 kV L-Guruchmozor-35 kV tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli: 📍 Birlashkan, Dostonobod, Navoiy, Ittifoq, Osuda, Ko‘tarma, Haqiqat, Uzun ko‘cha, G‘ayrat, Qo‘rtqi, Dehqonobod, Buzrukxonto‘ra, Oxunboboev, Ibrat, Abdullabiy MFYlari 🔔 Eslatma: Ta’mirlash ishlari yakunlangach elektr energiyasi ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi. Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

2,420 views

Hashtags

Ippubblikat Mej 6

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Tayinlov Guljan Qospan Turginbekkizi (Коспан Гулжан Тургынбеккызы) — “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining moliya-iqtisod, transformatsiya va xususiylashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Guljan Qospan 1981-yil 24-sentabrda Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida tug‘ilgan. U 2002-yilda Al-Farobiy nomidagi qozoq davlat universitetini (Qozog‘iston) (bakalavr), 2006-yilda Turon universitetini (Qozog‘iston), 2006-yilda K. Satpayev nomidagi qozoq milliy texnika universitetini (magistratura) tamomlagan.Mutaxassisligi bо‘yicha iqtisodchi, yurist, xalqaro iqtisodchi. Guljan Qospan Beeline Kazakhstan kompaniyasida moliya masalalarida menedjer hamda Freedom Telecom kompaniyasida moliya masalalari bo‘yicha direktor lavozimlarida faoliyat yuritgan. Mazkur tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-fevraldagi “Davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 74-son qarori asosida amalga oshirildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱het.uz

989 views

Ippubblikat Mej 6

RASMIY MUNOSABAT Paxtaobod tumani Yangiobod MFY hududidan kelib tushgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi: Mazkur holat murojaat kelib tushgan kunning o‘zida mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar natijasida fuqarolar tomonidan elektr uzatish tarmoqlarining muhofaza zonasida noqonuniy ravishda uy-joy qurilishi amalga oshirilgani aniqlandi. Aniqlangan holat yuzasidan fuqarolarga elektr tarmoqlari muhofaza maydonini bo‘shatish bo‘yicha ogohlantirishlar berildi. Shuningdek, qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘rish uchun vakolatli tashkilotlarga xabarnomalar yuborildi. Ma’lumot uchun: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qaroriga 1-ilova “Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari”ning 17-bandiga asosan: Ixtiyorida elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari boʻlgan korxonaning yozma roziligisiz elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining muhofaza zonalari doirasida yuridik va jismoniy shaxslar uchun har qanday bino va inshootlarni qurish, mukammal taʼmirlash, rekonstruksiya qilish yoki buzish, daraxtlar hamda butalarni ekish va kesish taqiqlanadi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

1,140 views

Ippubblikat Mej 6

RASMIY MUNOSABAT Paxtaobod tumani Obod o‘lka ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolardan kelib tushgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi: Mazkur holat murojaat kelib tushgan kunning o‘zida mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, kuchli yomg‘ir hamda 10 kV elektr tarmog‘iga daraxt shoxlarining tegishi oqibatida favqulodda nosozlik yuzaga kelgani aniqlandi. Nosozlik sababli qisqa muddatli uzilishlar kuzatilgan bo‘lib, tezkor ta’mirlash ishlari natijasida elektr ta’minoti to‘liq tiklandi. Kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida zarur profilaktik ishlar olib boriladi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

1,040 views

Ippubblikat Mej 6

#TEZKOR ⚡️AYRIM HUDUDLARDA ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI 2026-yil 6-may kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar elektr uzatish tarmoqlari hamda podstansiyalarda rejali joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. 🔹ASAKA TUMANIDA L-Xoldovonbek 35 kV havo tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli: 📍 Bozorboshi, Fidokor, Turon, Gumbaz MFYlari 🔹 XO‘JAOBOD TUMANIDA “PS JFK-0” 35/10 kV podstansiyasida 2-SSh-10 kV tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli: 📍 Yuksalish, Chimbuloq, 70 Mergan, Garagura, Bobur, 5-Karam, Uzun ko‘cha MFYlari 🔹ASAKA SHAHRIDA L-6A 35 kV havo tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli: 📍 Axtachi, Qoraqiy, Fayziobod, Olaqonot, 4-Tosh, Labgardon, Zankent, Yangisor, Qo‘rg‘ontepa MFYlari 🔹 ANDIJON SHAHRI VA TUMANIDA “PS-3” 110/6 kV podstansiyasida 1-SSh-6 kV tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli: 📍 Andijon shahri: Bunyodkor, Shifokor, Qo‘shariq, Istiqlol, Yaxshi, Maydon bozor, Buyuk Turon, O‘zgarish, Temur Malik MFYlari 📍 Andijon tumani: Buyuk Turon, Saxovat MFYlarining bir qismi 🔹 JALAQUDUQ TUMANIDA “PS So‘fiqishloq” 110/35/10 kV podstansiyasi (T-2) hamda L-Aqburа 35 kV tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli: 📍 Beshtol, Hamza MFYlari 🔹JALAQUDUQ TUMANIDA L-Birlashgan 110 kV havo tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli: 📍 G‘ozichek, Navoiy, Boykechi, Qoragul, Yangisor, Jalaquduq MFYlari 🔔 Eslatma: Ta’mirlash ishlari yakunlangach elektr energiyasi ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi. Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

2,600 views

Hashtags

Ippubblikat Mej 5

YANGI TAYANCHLAR O‘RNATILIB, ELEKTR TARMOQLARI YANGILANDI Andijon shahar Mustaqil MFY A. Haydarov ko‘chasi hududida elektr ta’minoti tizimini yaxshilash va ishonchliligini oshirish maqsadida keng ko‘lamli qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi. Xususan, hududda mavjud eskirgan tayanchlar o‘rniga jami 37 dona yangi zamonaviy temir-beton tayanch ustunlari o‘rnatildi. Shuningdek, 1 kilometrdan ziyod masofaga zamonaviy SIP kabel tarmog‘i tortilib, elektr uzatish liniyalari yangilandi. Mazkur amalga oshirilgan ishlar natijasida hudud aholisining elektr energiyasi bilan ta’minoti yanada barqaror va ishonchli holga keltirildi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

1,100 views

Ippubblikat Mej 5

RASMIY MUNOSABAT Bo‘ston tumani G‘olib MFY hududidan kelib tushgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi: Mazkur murojaat asosida hududda o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar natijasida elektr tarmoqlarini yaxshilash zarurligi aniqlanib, amaliy choralar ko‘rildi. Xususan, tuman hokimligi homiyligi asosida ushbu hududga zamonaviy SIP kabel tarmog‘i tortildi. Ayni vaqtda elektr ta’minotini yanada barqaror qilish maqsadida qo‘shimcha 7 dona temir-beton tayanch ustunlarini o‘rnatish ishlari olib boriladi. Mazkur ishlar joriy yilning 4-choragi yakuniga qadar to‘liq amalga oshirilishi rejalashtirilgan. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

993 views

Ippubblikat Mej 5

MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI Oltinko‘l tumani “Ayronchi” MFY hududida joylashgan transformator punkti bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi: Mazkur holat mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar natijasida hududda joylashgan 987-sonli transformator punktida zarur texnik ishlar olib borish lozimligi aniqlangan. Shunga asosan, transformator punktida demontaj ishlari amalga oshirilib, texnik sozlash va tiklash ishlari yakuniga yetkazildi hamda ushbu transformator punkti to‘liq ishga tushirildi. Hozirgi kunda mazkur hudud iste’molchilari elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlanmoqda. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

937 views

Ippubblikat Mej 5

RASMIY MUNOSABAT Shahrixon tumani Birlashgan MFY hududidan kelib tushgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi: Mazkur murojaat asosida hududga chiqilib o‘rganish ishlari olib borilganda, ko‘rsatilgan elektr tayanch ustunining haqiqatdan ham yaroqsiz holatga kelib qolgani aniqlandi. Shundan so‘ng “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan zarur choralar ko‘rilib, hududga 5 dona yangi temir-beton tayanchlar olib kelindi hamda ularni o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi. Shuningdek, mazkur mahalla elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida quvvati 160 kVA bo‘lgan yangi transformator punkti ham o‘rnatilib, ishga tushirilgan. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

1,100 views

Ippubblikat Mej 5

RASMIY MUNOSABAT Asaka tumani Olaqanot MFY hududidan kelib tushgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi: Mazkur holat murojaat kelib tushgan kunning o‘zida mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar natijasida kuchli yomg‘ir yog‘ishi hamda 10 kV elektr uzatish tarmog‘iga daraxt shoxlarining tegishi oqibatida favqulodda nosozlik yuzaga kelgani aniqlandi. Ushbu nosozlik sababli hududda qisqa muddatli elektr energiyasi uzilishlari kuzatilgan. Shundan so‘ng tezkor ravishda ta’mirlash ishlari olib borilib, elektr ta’minoti to‘liq tiklandi. Kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida hududdagi daraxt shoxlarini tartibga keltirish hamda elektr tarmoqlarini muntazam ko‘rikdan o‘tkazish ishlari davom ettiriladi. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

1,010 views
12345•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384