TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filiali
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filiali avatar

TGINSIGHT POST

Post #40752

@hetandijon

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filiali

Viżjonijiet1,010Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatMej 505/05/2026 07:36
Kontenut

Kontenut tal-post

RASMIY MUNOSABAT Asaka tumani Olaqanot MFY hududidan kelib tushgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi: Mazkur holat murojaat kelib tushgan kunning o‘zida mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar natijasida kuchli yomg‘ir yog‘ishi hamda 10 kV elektr uzatish tarmog‘iga daraxt shoxlarining tegishi oqibatida favqulodda nosozlik yuzaga kelgani aniqlandi. Ushbu nosozlik sababli hududda qisqa muddatli elektr energiyasi uzilishlari kuzatilgan. Shundan so‘ng tezkor ravishda ta’mirlash ishlari olib borilib, elektr ta’minoti to‘liq tiklandi. Kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida hududdagi daraxt shoxlarini tartibga keltirish hamda elektr tarmoqlarini muntazam ko‘rikdan o‘tkazish ishlari davom ettiriladi. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram