Kontenut tal-post
RASMIY MUNOSABAT Shahrixon tumani Birlashgan MFY hududidan kelib tushgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi: Mazkur murojaat asosida hududga chiqilib o‘rganish ishlari olib borilganda, ko‘rsatilgan elektr tayanch ustunining haqiqatdan ham yaroqsiz holatga kelib qolgani aniqlandi. Shundan so‘ng “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan zarur choralar ko‘rilib, hududga 5 dona yangi temir-beton tayanchlar olib kelindi hamda ularni o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi. Shuningdek, mazkur mahalla elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida quvvati 160 kVA bo‘lgan yangi transformator punkti ham o‘rnatilib, ishga tushirilgan. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram