Kontenut tal-post
MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI Oltinko‘l tumani “Ayronchi” MFY hududida joylashgan transformator punkti bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi: Mazkur holat mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar natijasida hududda joylashgan 987-sonli transformator punktida zarur texnik ishlar olib borish lozimligi aniqlangan. Shunga asosan, transformator punktida demontaj ishlari amalga oshirilib, texnik sozlash va tiklash ishlari yakuniga yetkazildi hamda ushbu transformator punkti to‘liq ishga tushirildi. Hozirgi kunda mazkur hudud iste’molchilari elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlanmoqda. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram