TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filiali
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filiali avatar

TGINSIGHT POST

Post #40758

@hetandijon

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filiali

Viżjonijiet1,100Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatMej 505/05/2026 12:58
Kontenut

Kontenut tal-post

YANGI TAYANCHLAR O‘RNATILIB, ELEKTR TARMOQLARI YANGILANDI Andijon shahar Mustaqil MFY A. Haydarov ko‘chasi hududida elektr ta’minoti tizimini yaxshilash va ishonchliligini oshirish maqsadida keng ko‘lamli qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi. Xususan, hududda mavjud eskirgan tayanchlar o‘rniga jami 37 dona yangi zamonaviy temir-beton tayanch ustunlari o‘rnatildi. Shuningdek, 1 kilometrdan ziyod masofaga zamonaviy SIP kabel tarmog‘i tortilib, elektr uzatish liniyalari yangilandi. Mazkur amalga oshirilgan ishlar natijasida hudud aholisining elektr energiyasi bilan ta’minoti yanada barqaror va ishonchli holga keltirildi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram