TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filiali
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filiali avatar

TGINSIGHT POST

Post #40764

@hetandijon

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filiali

Viżjonijiet1,140Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatMej 606/05/2026 06:21
Kontenut

Kontenut tal-post

RASMIY MUNOSABAT Paxtaobod tumani Yangiobod MFY hududidan kelib tushgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi: Mazkur holat murojaat kelib tushgan kunning o‘zida mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar natijasida fuqarolar tomonidan elektr uzatish tarmoqlarining muhofaza zonasida noqonuniy ravishda uy-joy qurilishi amalga oshirilgani aniqlandi. Aniqlangan holat yuzasidan fuqarolarga elektr tarmoqlari muhofaza maydonini bo‘shatish bo‘yicha ogohlantirishlar berildi. Shuningdek, qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘rish uchun vakolatli tashkilotlarga xabarnomalar yuborildi. Ma’lumot uchun: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qaroriga 1-ilova “Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari”ning 17-bandiga asosan: Ixtiyorida elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari boʻlgan korxonaning yozma roziligisiz elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining muhofaza zonalari doirasida yuridik va jismoniy shaxslar uchun har qanday bino va inshootlarni qurish, mukammal taʼmirlash, rekonstruksiya qilish yoki buzish, daraxtlar hamda butalarni ekish va kesish taqiqlanadi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram